Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ona-bola is gazidan vafot etgani aytilyapti. Hodisa bo‘yicha ekspertiza tayinlandi
Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinovga ko‘ra, marhuma 25 yoshda, uning farzandi esa 8 oylik bo‘lgan.
Foto: Kun.uz
Telegramʼda noma’lum ayol va farzandining suratlari tarqalib, ular o‘z uyida is gazidan zaharlanib vafot etgani xabar berilgan. Holat Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan o‘rganilgan.
Aniqlanishicha, 7 aprel kuni soat 21:15 da Mirobod tumanida joylashgan uyning birida 25 yoshli ayol va uning 8 oylik o‘g‘li o‘lik holda topilgan.
“Marhumlarning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi rasmiy ma’lumotda.
Avvalroq Farg‘onada ikki kishi, Jizzax va Qashqadaryoda to‘rt kishi, Samarqandda oila qurganiga hali bir oy ham bo‘lmagan kelin-kuyov, Namanganda 8 yashar bola is gazidan zaharlanib vafot etgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
10:25 / 24.11.2025
Buxoroda bir oilaning 4 a’zosi is gazidan vafot etdi
16:16 / 21.11.2025
Andijonda ichki ishlar xodimi va uning voyaga yetmagan qizi is gazidan vafot etdi
13:02 / 04.11.2025
FVV isitish mavsumi uchun xavfsizlik eslatmalarini e’lon qildi
20:34 / 16.10.2025