Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Hosilimiz suvsizlikdan qurib ketyapti” – denovlik dehqonlar
Surxondaryo viloyati Denov tumanining Lochin va Zarafshon mahallalarida ko‘plab dehqonlarning ekini suvsizlikdan nobud bo‘lmoqda. Quduq qazib berishni va’da qilgan mas’ullar esa va’dasining ustidan chiqmagan.

Foto: Kun.uz
Kun.uz’ga Denov tumanidagi Lochin va Zarafshon mahallalarida yashovchi dehqonlardan murojaat kelib tushdi. Murojaatda ular 2022 yilda prezident farmoniga muvofiq 10-20 sotixdan ekin yeri berilganini, o‘sha paytda mas’ullar ekinlarni sug‘orish uchun quduq qazib berishni va’da qilganini, ammo quduq qazilmagani sababli bugunga kelib mehnatlariga kuyib qolishayotganini bildirishgan.
“Prezident farmoniga binoan bizlarga yer berishganidan xursand bo‘ldik. Shijoat bilan ekin ekishga kirishdik. Faqat suvsiz mahsulot yetishtirib bo‘lmaydi-da, mas’ullar yordam berishga va’da berishdi. Ammo mana, ekinlar yetilay deb qoldi, lekin bizni hech kim eslamadi”, – deydi Kun.uz muxbiri bilan gaplashgan dehqonlardan biri.
Mazkur ikki mahallada 80 kishiga yer berilgan. Dehqonlar ekin yerlariga asosan piyoz ekishgan, kartoshka va bug‘doy ekkanlar ham bor. Qishda yomg‘ir-qordan suv olgan ekinlar bugunga kelib, suvsizlikdan nobud bo‘lish arafasida. Muammo tuman hokimining sayyor qabulida ko‘tarilgan, keyinchalik tuman hokimi o‘rinbosarlariga murojaat ham qilingan, biroq foydasi bo‘lmagan.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yil kuzida prezident aholiga 80 ming gektar yerni ijara asosida bo‘lib berilishini ma’lum qilgandi va bu borada tegishli topshiriq bergan edi.
«Ushbu yerlar aholiga dehqon xo‘jaligi tashkil etish uchun, 10 sotixdan 1 gektargacha 10 yil muddatga, ochiq elektron tanlov o‘tkazish orqali ijaraga beriladi. Men 20 yil qilishga ham tayyorman, lekin avval ishonch hosil qilaylik. Bunda, asosiy mezon – tomorqadan samarali foydalanish va yaratiladigan ish o‘rinlari bo‘ladi. Tanlovda dehqonchilikda tajribasi bor aholi, shuningdek, 3ta daftarga kirgan oilalar qatnashadi. Ochiq elektron tanlovda har bir talabgorning hozirgacha o‘z tomorqasidan qanday foydalanayotganiga yangi joriy etilayotgan hokim yordamchilari baho beradi”, degan edi o‘shanda prezident.
Tavsiya etamiz
Yangi O‘zbekistonda daraxtlar suvsizlikdan qurib boryapti
O‘zbekiston | 15:21 / 02.08.2025
Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi
O‘zbekiston | 10:44 / 02.08.2025
Voyaga yetmagan shaxs «sudlanmagan» deb hisoblanishi belgilanmoqda
O‘zbekiston | 23:00 / 01.08.2025
Andijonda alimentdan qochib yurgan erkak hiyla bilan tuzoqqa tushirildi
Jamiyat | 22:24 / 01.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya va Xitoy harbiy mashqlari: Yapon dengizida manyovrlar boshlandi
Jahon | 11:48
-
Tramp yadroviy suvosti kemalari boshqa joyga ko‘chirilganini tasdiqladi
Jahon | 11:35
-
Isroilning G‘azodagi tajovuzi qurbonlari soni 60 mingdan oshdi
Jahon | 11:04
-
Tramp: Maxsus elchi Uitkoff 6 yoki 7 avgust kuni Rossiyaga tashrif buyuradi
Jahon | 10:43
Mavzuga oid

16:57 / 30.06.2025
Denov tuman sudi sobiq raisi 5 yilga qamaldi

13:49 / 18.06.2025
Denov tuman sudi sobiq raisiga oid jinoyat ishi sudda ko‘rilmoqda

11:20 / 02.05.2025
Denovda haydovchi 32 nafar bolani Damas'ga mindirib ketayotgani aniqlandi

11:03 / 02.05.2025