Ma’lum qilinişiça, bugungi kunda çegara zonasi va çegara mintaqasida joylaşgan respublika qişloq xöjaligini yanada rivojlantiriş uçun zarur bölgan minglab gektar yaylov yer uçastkalari samarali foydalanilmasdan kelinmoqda. Çegara zonasi va çegara mintaqasidagi yaylovlardan foydalaniş bilan boğliq munosabatlar amaldagi qonunçilikda tartibga solinmagan.
Bildirilişiça, çegara zonasi va çegara mintaqasidagi yaylovlardan foydalaniş qoidalarining amaldagi qonunçilikda belgilanmagani uşbu hududlardagi yer uçastkalaridan samarali foydalanişning qoniqarsiz taşkil etilişiga, uşbu yaylovlarda yovvoyi holda ösuvçi dorivor ösimliklar, şu jumladan kovrak xomaşyolarining yiğilmasligiga, çorva mollarining boqilmasligiga sabab bölmoqda. Çegara zonasi va çegara mintaqasidagi aholi uşbu hududlardagi tayyor yaylovlardan foydalaniş imkoniyatiga ega emas hamda bu ularga iqtisodiy zarar keltirmoqda.
Loyiha bilan çegara zonasi va çegara mintaqasida yaylov xöjaligini yuritiş hamda yaylovlardan foydalaniş tartibi belgilanmoqda.
Loyihaga ilova qilingan nizom 4 bob, 23 banddan iborat bölib, unda çegara zonasi va çegara mintaqasida yaylov xöjaligini yuritiş hamda çegara zonasi va çegara mintaqasida yaylovlardan foydalaniş masalalari alohida ifodalangan.
Loyihaga muvofiq, çegara zonasi va çegara mintaqasida yaylovdan foydalanuvçilar röyxati yaylovdan foydalaniş va uni muhofaza qiliş sohasidagi vakolatli taşkilotlar tomonidan şakllantiriladi.
Yaylovdan umumiy foydalaniş uçun alohida ruxsat oliş talab etilmaydi, maxsus foydalaniş holatlari bundan mustasno.
Loyihada çegara zonasi va çegara mintaqasidagi yaylovlardan doimiy va vaqtinça foydalanuvçilarning huquq va majburiyatlari, uşbu hududlarda yaylovdan foydalaniş turlari hamda yaylovdan foydalaniş huquqining tugatiliş asoslari nazarda tutilgan.
Loyihaning qabul qilinişi natijasida çegara zonasi va çegara mintaqasida joylaşgan yaylov yer uçastkalaridan oqilona va samarali foydalaniş, uşbu hududda yaylov xöjaligini taşkil etiş yölga qöyiladi hamda yaylov mahsulotlarining işlab çiqariş hajmlarini köpaytirişni rağbatlantiriş ta’minlanadi.

















