AQŞ sanksiyalarni qöllaş amaliyoti doirasida Eron tankerini hibsga oldi va neftini musodara qildi. Bunga javoban, Eron ham bir neça kundan keyin boşqa tankerni egallab oldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi. 

Qayd qilinişiça, AQŞ Marşall orollari bayroği ostida suzayotgan Suez Rajan tankerini hibsga olib, bortidagi neftni musodara qilgan. Tanker janubiy Afrika qirğoqlarida uşlangan. 

27 aprel kuni AQŞ harbiy-dengiz kuçlari Ummon körfazida Marşall orollari bayroği ostidagi tanker Eron tomonidan qölga olinganini ma’lum qilgan edi. 

Eron rasmiylarining ta’kidlaşiça, tanker Eron kemasi bilan töqnaşib ketgan va voqea joyini tark etişga uringan. IRNA xabariga köra, töqnaşuv oqibatida ekipajning bir neça a’zosi jarohatlangan, uç nafari bedarak yöqolgan.