Rossiyada infratuzilma obektlarida portlaşlar sezilarli darajada köpaydi - sönggi beş kun içida ikkita neft baza hujumga uçradi, Bryansk oblastida ikkita poyezd temiryöllardagi portlaşlar tufayli izdan çiqib ketdi. Çorşanba kuniga kelib Kreml prezidentning Kremldagi qarorgohiga dronlar orqali hujum qilişga uriniş bölganini ma’lum qildi. Rossiya hukumati bu holatlarning barçasini ukrainalik diversantlar harakati bilan boğlamoqda, Ukraina tomoni esa odatdagi kabi mas’uliyatni özidan soqit qilmoqda. Bularning barçasi Ukrainaning kutilayotgan qarşi hujumi fonida sodir bölmoqda. Bu voqealarni qanday izohlaş mumkin?

Ikki neft baza, ikki yuk poyezdi, aerodrom, elektr uzatiş liniyasi

Sevastopoldagi yonğin, 2023 yil 29 aprel. Foto: Reuters / Scanpix / LETA

29 aprel

Anneksiya qilingan Qrimning Sevastopol şahridagi Kazaçya buxtadagi neft bazada şanba kuniga ötar keçasi  portlaş va uning ortidan yirik yonğin yuzaga kelgandi. Mahalliy rasmiylarning ma’lumotiga köra, ikkita dron hujumi oqibatida yonilği töldirilgan törtta sisterna yonib ketgan, alanga 2000 kv. metrdan ortiq maydonni qamrab olgan.

Ukraina razvedkasi ma’lumotiga köra, Sevastopoldagi portlaş oqibatida 40 ming tonna neft mahsulotlari saqlangan 10 ta rezervuar yöq qilingan.

Ukraina armiyasi «Janub» operativ qömondonligi matbuot kotibi Natalya Gumenyuk teleefir vaqtida Qrimdagi neft bazadagi yonğin «barça kutayotgan keng kölamli hujumga tayyorgarlikning bir qismi» ekanini aytdi. Kiyev Sevastopoldagi neft bazaga qilingan hujum uçun töğridan töğri javobgarlikni öz zimmasiga olmagan.

1 may

Leningrad oblasti Gatçinskiy rayoni Susaninskiy posyolkasida elektr uzatiş liniyasi portlatildi. Region rahbari Aleksandr Drozdenkoga köra, yana bir elektr uzatiş liniyasida ham portlovçi qurilma topilgan va zararsizlantirilgan. 

Drozdenkoning sözlariga köra, «diversiya» va «portlovçi moddalarning noqonuniy aylanmasi» moddalari böyiça jinoiy iş qözğatilgan. 

Gumonlanuvçilar qölga olingani haqida ma’lumot berilmagan. Telegram-kanallarga köra, ular Moskvada yaşiringan bölişi mumkin.