Kreml matbuot xizmati 3 mayga ötar keçasi Vladimir Putinning Kremldagi qarorgohiga dronlar hujumi uyuştirilgani haqida xabar berdi. Rossiya prezidenti bu vaqtda u yerda bölmagan. Şundan söng rossiyalik şarhlovçilar Kremlni «reja asosida va şafqatsizlik bilan» javob zarbalari yöllaşga çaqira boşladi. Kiyev hodisaga aloqadorligini rad etib, bunday yöl tutsa, bu Rossiyaga Ukrainada tinç aholiga hujumlarni oqlaş uçun asos berişini ta’kidlamoqda.
Kremldagi binolardan biri ustida qora tutun hosil bölgani aks etgan dastlabki video moskvaliklar guruhida tunda paydo bölgan. Kun davomida Kreml matbuot xizmati «Kremldagi qarorgohga uçuvçisiz uçar qurilmalar bilan hujum qilişga uriniş» bölgani haqida xabar berdi. Şundan söng dronlar zarbasi aks etgan yana bir qança videolar tarqaldi.
Hodisaga Moskv va Kiyevda qanday munosabat bildirilmoqda?
Javob zarbalariga taşnalik
«Rossiya tomoni özi xohlagan joyda va vaqtda javob çoralarini köriş huquqini özida saqlab qoladi», deyiladi Kreml xabarida.
Rossiyalik siyosatçilar va hukumatparast z-blogerlar ham Ukrainaga hujumlarni kuçaytirişga çaqirmoqda, ularning fikriça, Kiyev «qizil çiziq»ni bosib ötgan.
«Prezidentga nisbatan sodir etilgan terakt — bu Rossiyaga hujumdir», dedi Davlat dumasi spikeri Vyaçeslav Volodin. Uning sözlariga köra, «Kiyev rejimi» (u Kiyevdagi hukumatni terrorçi deb atagan) «Rossiya, Yevropa, butun dunyo xavfsizligiga tahdid solmoqda».
«Zelenskiy rejimini qurollar bilan töyintirgan Ğarb mamlakatlari siyosatçilari anglaşi kerakki, ular terrorçilik faoliyatining nafaqat homiysi, balki töğridan töğri iştirokçisi ham bölib qolişdi», degan u va «Kiyevdagi terrorçi rejimni töxtatiş va yöq qiliş»ga qodir qurolni qöllaşni talab etgan.
Davlat dumasining Qrimdan bölgan deputati Mixail Şeremet Volodimir Zelenskiyning Kiyevdagi qarorgohi böylab zarba berişga çaqirgan. «Kiyevda terrorçilar ötirib olgan, ular bilan esa, barçaga ma’lumki, muzokara ötkazişdan ma’no yöq. Ularni faqat yöq qiliş kerak, zudlik bilan va şafqat qilmasdan. Zelenskiyning Kiyevdagi qarorgohiga raketa zarbasi yöllaş vaqti keldi. Koordinatalarni berişga tayyorman — Bankovaya köçasi, 11, öşa yerda Ukraina prezidenti administratsiyasi joylaşgan», degan deputat.
Deputat Aleksey Juravlev ham Kiyev markazini nişonga olib zarba berişni taklif qilgan: «Prezident ofisini yöq qiliş, Oliy Rada, Boş ştab, Ukraina maxsus xizmatlari joylaşgan binolarni butunlay vayron qiling».



















