Ukraina rasmiylari Kremlga uçuvçisiz uçoq hujumiga buyruq bergan bölişi dargumon. Bu haqda 4 may, payşanba kuni Deutsche Welle naşriga bergan intervyusida Yevropa taşqi aloqalar kengaşining mudofaa siyosati va harbiy texnologiyalar böyiça eksperti Ulrike Franke aytib ötdi.
Franke Qrim köprigi va Rossiya hududidagi turli obektlarga qilingan hujumni eslab: "Bu turdagi hujum Ukraina haqiqatda amalga oşirgan Rossiya hududidagi boşqa hujumlardan juda farq qiladi", dedi. Uning sözlariga köra, hozirgaça Ukraina uçuvçisiz uçoqlarining Rossiya hududiga bergan barça zarbalari “aniq harbiy nişonlarga qaratilgan”, şuning uçun Franke Ukrainaning Kremlga hujumni inkor etişini işonçli deb hisoblaydi.
Mutaxassis, şuningdek, Rossiyada mavjud bölgan Rossiya yoki Ukraina kuçlarining zarbaga aloqador bölişi mumkinligini istisno qilmadi, çunki dron unçalik katta emas va sezilarli masofani bosib öta olmaydi. “Ehtimol, u Ukrainadan uçib kelmagan, balki yaqinroq joydan uçirilgan”, dedi Franke.
Mutaxassis, şuningdek, Ukraina "Monobank"i asosçisi Vladimir Yatsenkoning 9 may kuni bölib ötadigan paradda uçuvçisiz uçoği Moskvadagi Qizil maydonga qönadigan har bir kişiga 500 ming dollar tölaş va’dasini esladi. "Balki bu birinçi testdir", deb taxmin qildi Franke.
3 mayga ötar keçasi Rossiya prezidentining Kremldagi qarorgohi joylaşgan Senat saroyi gumbazi ustida ikkita uçuvçisiz uçiş apparati portlab ketdi. Rossiya rasmiylari voqeada Ukraina maxsus xizmatlarini aybladi. Kreml matbuot xizmati hujumni "rejalaştirilgan terrorçilik harakati va prezidentga suiqasd" sifatida baholaşini aytdi. Rasmiy Kiyev hujumga aloqadorligini rad etdi.


















