Jizzax viloyati Ğallaorol tumanida hamqişloğining oldiga borib muştlaşgan erkak halok bölgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, Ğallaorol tumani “Mulkuş” MFYda yaşovçi, 1986 yilda tuğilgan fuqaro hamqişloği bilan orani oçiq qiliş maqsadida uning fermer xöjaligi dalasiga borgan.

Şu yerda ular muştlaşgan. Oqibatda orani oçiq qiliş uçun borgan fuqaro tan jarohatlari olib, huşini yöqotgan. Şundan söng fermer uni daladan uyiga olib borgan va xotiniga topşirgan. Köp ötmay u vafot etgan

Ötkazilgan sud tibbiy ekspertizasi fuqaroning ölimiga boş miya töqimalariga qon quyilişi, çap tomon ikkinçi, ön birinçi, öng tomon oltinçi hamda ön birinçi qovurğalar, çap buyrak va taloq yorilişi sabab bölganini körsatgan.

Fuqaroning ölimiga sabab bölgan fermer tegişli tartibda hibsga olingan.

Suriştiruvlarda aniqlanişiça, ikki hamqişloqning janjaliga 2023 yil 15 aprel kuni dökonda spirtli içimliklar borasida gap talaşib qolgani sabab bölgan.