3 mayga ötar keçasi Vladimir Putinning Kremldagi qarorgohiga ikkita dron hujum qildi. Uning matbuot kotibi Dmitriy Peskovning sözlariga köra, prezident öşa paytda Kremlda bölmagan. Hujumni aynan kim uyuştirgani noma’lum. Rossiya rasmiylari Ukrainani ayblamoqda. Kiyevdagilar «Moskvaga ham, Putinga ham» hujum qilmaganini aytmoqda va bu Rossiyaning provokatsiyasi bölişi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Meduza bu nazariyalar haqida siyosatşunos, fuqarolik-harbiy munosabatlar böyiça tadqiqotçi va Yevropa taşqi işlar kengaşining taklif qilingan tadqiqotçisi Kirill Şamiyev bilan suhbatlaşdi.
— Sizningça, Rossiya rasmiylarining Ukraina Kremlga hujum qilgani haqidagi versiyasi qançalik asosli?
— Menimça, bu köp sabablarga köra mantiqiy. Keling, bu Darya Dugina va Vladlen Tatarskiyning öldirilişi mantiğiga töğri kelişidan boşlaylik. Bu heç qanday harbiy va hattoki, bevosita ma’muriy ahamiyatga ega bölmagan juda ramziy nişonlarga hujum. Bular prezident ma’muriyatining ba’zi amaldorlari emas, «Pervyy kanal» tarğibotçilari emas, balki Z-vatanparvar rus jamoatçiligi uçun mafkuraviy jihatdan juda muhim odamlar.
Menimça, Ukraina siyosiy rahbariyati imkon qadar Rossiyadagi içki siyosiy vaziyatni beqarorlaştirişga harakat qilmoqda. Hozir ommaga e’lon qilingan Qrimning ozod etilişi katta vazifadir. Agar Kremldagi siyosiy hokimiyat hozirgidek qattiqqöl bölib qolsa, bu hududlarni harbiy yöl bilan qaytariş juda qiyin böladi.
[Ammo] Rossiyada [uruş boşlanganidan keyin] kim qoldi? Köpçiligi – hamma narsadan norozi Z-jamoat vakillari, boşqalari esa davlat tomonidan bosim ostida qolganlar. Qotilliklar ham, ramziy hujumlar ham [uruşni qöllab-quvvatlovçilarning] yana bir ğazabi. Vladimir Putin mağlub bölayotganining yana bir belgisi. Bu — Kremlni qöriqlayotgan FSO uçun ham, Vladimir Putin uçun ham şarmandalik.
Ikkinçi nuqta – Ukrainaning reaksiyasi. Ular heç qaçon mas’uliyatni töğridan töğri öz zimmasiga olmaydi, ammo [Ukraina rasmiylarining] OAVdagi izohlaridan reaksiya muvofiqlaştirilgani aniq.
Bundan taşqari, sönggi kunlarda biz [Rossiyada] temiryöl infratuzilmasiga bir neça hujumlarni, elektr infratuzilmasiga muvaffaqiyatsiz hujumlarni kördik. Şuningdek, Qrimdagi harbiy texnika uçun yonilği yetkazib beruvçi neft omboriga dron hujumi sodir etildi. Menimça, [Ukraina armiyasining] qarşi hujumi allaqaçon boşlangan. Buni şakllaniş bosqiçi deb ataş mumkin.
Mavzuga oid
[Bu] hujumlar nafaqat front uçun muhim bölgan infratuzilmaga, balki Rossiyaning çuqur içkari hududlariga ham amalga oşirilmoqda. Ular Kremlni havo hujumidan mudofaa tizimlarining bir qismini içkariga yönaltirişga majbur qiladi va şu bilan frontda uşbu tizimlarni kamaytiradi. Rossiya rasmiylarining paranoyyasi, (Kreml kabi) ramziy nişon hisobga olinsa, biz Moskvada yana ham köproq havo mudofaa tizimlari paydo bölişini kutişimiz mumkin. Bu nima degani? Bu ularning frontda kamayişini anglatadi, Ukraina aynan şunga erişmoqçi.
— Kreml uzra tutun tasvirlangan ilk videolar tunda paydo bölgani, ammo hujum haqida faqat kunduzi keng xabar tarqalgani sizda bu versiyaga şubha paydo qilmaydimi?
— Bu dalil birinçi farazimga nisbatan şubha paydo qiladi, lekin uni rad qiliş uçun yetarli emas. Işonçim dastlabki 70 foizdan 65 foizgaça tuşib ketganini ayta olaman. Yangi ma’lumotlar paydo bölsa, farazimni qayta körib çiqişga töğri keladi.
— Bu vaziyatda Kreml uçun qandaydir foyda köryapsizmi? U ruslarni «birlaştirişi» mumkinmi? Yoki Ukrainaning bölajak hujumlarini asoslaydimi? Yoki qarşi hujumdan oldin ma’lumot maydonini tayyorlayaptimi?
— Menda heç qanday ma’lumot yöq, lekin Kremlga şunday hujum uyuştirilgandek... Yana Vladimir Putin 2022 yil 21 fevral kuni Xavfsizlik Kengaşi bilan uçraşuv ötkazgan Senat saroyiga. Bu hujum, menimça, odamlarni köproq qörqitadi: Moskva va Kreml xavfsiz emas, nimadir notöğri ketmoqda.
Bu odamlarni birlaştira oladimi? Birlaşiş mexanizmi menga tuşunarli emas. Keyingi mitingni qayerda ötkaziş kerak? Davlat resurslari hamma narsani nazorat qiladi. Kim rozi bölmasa, qatağon qilinadi.
— Ammo bu, masalan, rasmiylarning «faşistik Ukraina, NATO va butun dunyo» bilan kuraş ketayotgani haqida yana bir eslatmasi bölişi mumkinmi — va elektron çaqiruv qoğozlari haqida qayğurmay, birlaşib, uruşga otlaniş lozimligiga işorami?
— Keça va bugun [2 va 3 may] «Gosuslugi» odamlarga 2014 yilda Odessadagi Kasaba uyuşmalari uyida sodir bölgan yonğinni eslatuvçi xatlar yubordi. Bu kabi narsalar insoniy darajada birlaşişga yordam beradi («dahşatli jinoyat», «köpçilik halok böldi», «dahşatli ölim»). Bu şuningdek, Kremlning «faşistik» Ukraina haqidagi ritorikasini kuçaytiradi. Ba’zi odamlar orasida nafrat darajasi oşib boradi.
Ammo Kremlga hujum... Bu Rossiya ramzlari nuqtayi nazaridan muhim bölgan infratuzilma obekti. Men bunday qiymatga ega bölişiga işonçim komil emas.
— Qöşimça qilamanki, hozirda taşviqot hujumni «prezidentga suiqasdga uriniş»dek tasvirlamoqda.
— Albatta, bu vatanparvar jamoatçilik uçun muhim. Bundan taşqari, bu ehtimoliy javob zarbasini qonuniylaştirişdir. Çunki qandaydir javob beriş kerak böladi. Ehtimol, yana bir bor Ukraina şaharlariga raketa zarbalari bilan (ramziy nuqtayi nazardan).
Bundan taşqari, bu xalqaro auditoriya uçun ham muhim – şaxsan prezidentga hujum qilişga uriniş. Bu hamma uçun argument bölmaydi, lekin çet eldagi jamoatçilikning bir qismi uçun iş berişi mumkin.
Nega men uçun bu versiyani (hujumni rossiyaliklarni birlaştiriş uçun Kremlning özi uyuştirgan) tan oliş biroz qiyin? Agar prezidentni qöllab-quvvatlaş darajasi yuqori bölganda, şuningdek, mamlakatda repressiyalar bölmaganida buni tuşunardim. Ammo qatağonlar şaroitida, bu qöllab-quvvatlaş qançalik faol ekanini aytiş qiyin: «Men boşimda tayoq sinişini istamayman», «Men işsiz qolişni istamayman» va «Bizga hujum qilişdi, prezident atrofida birlaşişimiz kerak». Bu mafkura, xarizma va saylov jarayonlariga asoslangan haqiqiy qöllab-quvvatlaşdan köra elektoral qöllab-quvvatlaşning boşqaça turi.
— Ğarb bu hujumga qanday munosabatda bölişi mumkin?
— Ğarb bunday zarbalardan juda ehtiyot böladi va qöllab-quvvatlamaydi. Rossiyadan qançalik uzoqda yaşasalar, muhim obektlarga hujum qilişni şunçalik yoqtirmaydilar. Çunki agar quyuşqondan çiqib ketilsa, Putin hammani yadroviy qurol bilan bombalay boşlaydi degan nazariya u yerda hamon tirik.
Şarqiy Yevropa mamlakatlari bunga mutlaqo qöşilmaydi. Masalan, Boltiqböyi mamlakatlarida, Polşada. Ularning pozitsiyasi şuki, Putin hamon xavfli va unga bosim ötkaziş kerak. Öylaymanki, ular Ukrainadagi uruş bilan boğliq bölsa, har qanday maqsadlar qonuniy ekanini ta’kidlab, Ukraina rasmiylarini qöllab-quvvatlaşi mumkin.
— Yana bir eskalatsiya bosqiçini kutiş mumkinmi? Va bundan keyin nimani kutiş kerak?
— Töğrisini aytsam, eskalatsiya qaysi yönalişda bölişini bilmayman. Bir tomondan, Rossiya allaqaçon eskalatsiyani kuçaytirib böldi. Boşqa tomondan, endi texnik imkoniyatlar çeklangan. Texnikalar yöqotildi, öq-dorilar yetişmasligi. Raketa hujumlari intensivligi va sifati pasayganini ham köriş mumkin.
Yadro infratuzilmasiga hujumlar, ha, bu – eskalatsiya. Ammo bu uruşning yangi bosqiçga ötişi. Menimça, agar yadroviy qurol işlatilsa, AQŞ qandaydir tarzda tabuni buzgani uçun Kremldan öç oladi.
— Aftidan, bu hujum qandaydir muzokaralar haqida gapirişni imkonsiz qiladi. Şundaymi? Muzokaralarga rozi bölmagan harbiylarning ma’lum bir guruhi buning ortida turişi mumkin deb taxmin qiliş mumkinmi?
— Ukraina uzoq vaqtdan beri Putin bilan muzokaralar bölmasligini aytib keladi. Şuning uçun, bu yerdagi hujum heç qanday tarzda ularning pozitsiyasini özgartirmaydi.
Rossiyaga kelsak, bu uruşning aniq belgilangan maqsadlari yöq. Bu zaif va kuçli nuqta. Bir tomondan, aniq belgilangan maqsadlarga erişiş qiyin, boşqa tomondan, har qanday nisbiy mağlubiyatni ğalaba sifatida körsatiş mumkin. Maqsadlar aniq bölmasa, muloqot uçun maydon kengroq.
Rossiya armiyasini örganiş böyiça tajribamga köra, harbiy rahbariyat birinçilardan bölib uruşni tugatiş tarafdori böladi. Katta xarajatlar, texnika va tarkibdagi katta yöqotişlar. Köplab muammolar paydo bölgan. Şuningdek, allaqaçon paydo bölgan tadqiqotlarga köra, Rossiya harbiy rahbariyati «maxsus harbiy operatsiya» boşlanişiga unçalik rozi bölmagan. Buning ehtimoli bor.