1 maydan Özbekiston konstitutsiyasining yangi tahriri kuçga kirdi. Unda davlat boşqaruvining oliy organlariga doir bir qator özgarişlar joy olgan.
Xususan, prezidentning vakolat muddati 5 yildan 7 yilga uzaytirildi. Ma’lumot uçun, bu muddat 2003 yilda ham 5 yildan 7 yilga uzaytirilgan, 2011 yilda esa qaytib 7 yildan 5 yilga tuşirilgan edi.
Şuningdek, prezident muddatidan ilgari prezident saylovini tayinlaşga haqli ekani belgilandi.
Bundan taşqari, boş vazir nomzodini endi prezident taqdim etadi. Davlat rahbari boş vazir nomzodini taqdim etişdan oldin parlamentga kirgan barça partiyalarning fraksiyalari bilan maslahatlaşuvlar ötkazişi belgilandi. Qonunçilik palatasi prezident taqdim etgan nomzodni körib çiqadi, agar deputatlarning yarmidan köpi ma’qullasa, boş vazir lavozimga tasdiqlanadi. Agar deputatlar nomzodni uç marta rad etsa, prezident boş vazirni tayinlab, Qonunçilik palatasini tarqatib yuborişga haqli.
Avvalgi tartibga köra, boş vazir nomzodini Qonunçilik palatasida eng köp örinni egallagan partiya taklif qilar, prezident ma’qullagaç, nomzod ikki palata tomonidan tasdiqlanişi talab etilardi.
Boş vazirni tayinlaş va unga işonçsizlik votumi bildirişda Senatning iştiroki bekor qilindi. Endilikda buning uçun deputatlar umumiy sonining uçdan ikki qismi ovoz berişi yetarli (avval har ikki palata a’zolarining uçdan ikki qismi ovoz berişi zarur edi; eslatib ötamiz, işonçsizlik votumi e’lon qilinsa, prezident boş vazirni lavozimidan ozod etadi).
Boş vazir va hukumat a’zolarining hisobotlarini eşitiş ham quyi palataning vakolatiga ötkazildi.
Qonunçilik palatasi hukumat a’zolarini iste’foga çiqariş töğrisida prezidentga taklif kiritiş vakolatiga ega böldi.
Qonunçilik palatasi olgan asosiy vakolatlardan yana biri qonunlarga taalluqli. Unga köra, endilikda Senat qonunni ma’qullaş yoki rad etiş töğrisida 60 kun içida qaror qabul qilmasa, Qonunçilik palatasi qonunni prezidentga yuboradi.
Qonunlarning prezident tomonidan imzolanişi va e’lon qilinişi uçun belgilangan muddat 30 kundan 60 kunga uzaytirildi. Prezident tomonidan qaytarilgan qonun parlament palatalari tomonidan yana qabul qilingan taqdirda, prezidentning bu qonunni imzolaş va e’lon qiliş muddati özgarişsiz (14 kun) qoldirildi.


















