Bu fikrni CNA tahliliy taşkilotining Rossiya tadqiqot dasturi direktori Maykl Kofman bildirdi. Bu haqda Financial Times yozdi.
Uning fikriça, dron zarbasi ramziy maqsadga ega va Kreml kuçini zaiflaştiriş, şuningdek, Rossiyaning zaifligini namoyiş etişga qaratilgan.
Gazetaning yozişiça, bundan boşqa narsalar qatori voqea aks etgan videoyozuvlar ham dalolat beradi. Ayrim ekspertlarning fikriça, bunday ölçamdagi dronlar jiddiy zarar yetkaziş uçun yetarliça portlovçi moddalarni olib yurolmaydi. Bundan taşqari, ular Rossiya prezidentiga suiqasd qiliş uçun yuborilgan bölişi dargumon, çunki Vladimir Putin keçalari Kremlda kamdan-kam böladi.
Şu bilan birga, ekspertlar orasida Rossiyaning özi Kremlga zarba berilişini sahnalaştirgan bölişi mumkin, degan fikr bor. Anonimlik şarti bilan FT bilan gaplaşgan yuqori martabali Ğarb diplomati bu versiyaga qöşilmagan. Uning sözlariga köra, bunday zarba Kreml manfaatlariga töğri kelmaydi, çunki Rossiyadagi eng qöriqlanadigan joylardan birining zaifligini namoyiş etiş «Vladimir Putinga katta siyosiy zarar yetkazadi».
Şu bilan birga, Ukrainaning Kremlga hujum qilganiga işonadigan ekspertlar dronlar Rossiya hududidan uçirilgan deb hisoblamoqda. Misol uçun, AQŞ Mudofaa vazirligi razvedka agentligi direktori sodir bölgan voqeaning fotosuratlari va videolariga asoslanib, «dron operatori hujum joyini körib turgan bölişi kerak» deb xulosa qilgan. Naşrning yana bir manbasi dronlar Moskva viloyati hududidan uçirilganini taxmin qilgan.
Şu bilan birga, Rossiya strategiyalar va texnologiyalarni tahlil qiliş markazi rahbari Ruslan Puxov ukrainaparast guruhlar Kremlga hujum uyuştirişi mumkinligini, Ukraina rahbariyati esa ularning rejalari haqida bilmasligi mumkinligini ta’kidladi.
3 mayga ötar keçasi prezident Vladimir Putinning Kreml qarorgohiga ikkita dron hujum qildi. Rossiya rasmiylari voqea haqida faqat kunning ikkinçi yarmida xabar berdi. Kreml matbuot xizmati hujumni «rejalaştirilgan terrorçilik harakati va Rossiya prezidenti hayotiga suiqasd» sifatida baholaganini aytdi. Rossiya rasmiylari voqeada Ukrainani aybladi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov hujum ortida AQŞ turganini aytdi.
Ukraina rasmiylari dron hujumiga aloqadorligini rad etmoqda. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Ukraina «na Putinga, na Moskvaga hujum qilmayapti», dedi. AQŞ Milliy xavfsizlik kengaşining strategik aloqalar böyiça koordinatori Jon Kirbi Rossiyaning da’volarini «kulgili» deb atadi. «Qöşma Ştatlar bu hodisada heç qanday iştirok etmadi. Peskov yolğon gapiryapti», dedi u.


















