Koronavirus pandemiyasi rasman tugadi. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti direktori Tedros Gebreyyesus bu haqda 5 may kuni rasman e’lon qildi. Uning sözlariga köra, kovid endilikda dunyo aholisi salomatligi uçun global tahdid emas.

Koronavirusning butun dunyo aholisi uçun favqulodda xavf ekani 2020 yil 11 mart kunida tan olingandi. Şu tariqa, pandemiya 3 yil-u 1 oy va 24 kun davom etdi. Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining ma’lum qilişiça, dunyo böylab bu infeksiyani kamida 765 mln kişi yuqtirib olgan. Ulardan 7 millioni halok bölgani qayd etilgan. Lekin taşkilot rahbarining sözlariga köra, qurbonlar soni katta ehtimol bilan köproq va 20 millionga yaqinni taşkil etadi.

Özbekistonda 250 mingdan ortiq kasallaniş holati rasmiy statistikaga kiritilgan. Albatta, bu reallikdan ança yiroq ekani aniq. Çunki 250 ming kişi jami aholining 1 foiziga ham yetmaydi. Qolaversa, rasmiy statistikaga işonilsa, Özbekistonda koronavirus qurboni bölganlar soni 1637 nafar. Fikrimizça, bu raqamlar aslida qanday bölgani haqidagi taxminiy hisob-kitoblarni çiqariş uçun tegişli tadqiqotlar ötkazilişi kerak.

Yangi konstitutsiya kuçga kirdi

30 aprel kungi referendumda qabul qilingan Özbekistonning yangi tahrirdagi konstitutsiyasi 1 maydan e’tiboran kuçga kirdi. Markaziy saylov komissiyasi referendumda 16,7 million fuqaro ovoz berib, davomat 85 foiz böldi, deya hisobot berdi. Referendumda qatnaşgan aholining 90 foizi konstitutsiyani özgartirişga “ha” deb, 9 foizi esa “yöq” deb ovoz bergani ma’lum qilindi.

Referendum qançalik adolatli ötgani böyiça xalqaro kuzatuvçilar turliça xulosalar berdi. MDH vakillari jarayonni töliq maqtagan bölsa, yevropalik kuzatuvçilar jiddiy masalalar böyiça oçiq muhokamalar bölmagani, plyuralizm yöqligiga urğu berdi.

Rasmiylarga köra, asosiy qonun 65 foizga yangilangan. Hujjat ança “tölişib”, undagi normalar soni 58 foizga köpaygan. Şu bilan birga, deputatlarning