Ijtimoiy tarmoqlarda Activist loyihasi muallifi Hojiakbar Nosirov vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Özbekiston boş prokurorining matbuot kotibi Hayot Şamsuddinovning Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, bu xabarlar yolğon.

Bundan taşqari, u Hojiakbar Nosirovga nisbatan jinoyat işi qözğatilganini ham rad etdi.

“Ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim sahifalarda e’lon qilingan Hojiakbar Nosirovga nisbatan jinoyat işi qözğatilgani, u Jinoyat kodeksining bir neça moddasi bilan ayblanayotgani haqidagi xabarlar haqiqatga töğri kelmaydi”, deydi Boş prokuratura mulozimi.

8 aprel kuni 15 sutkaga qamalgan Hojiakbar Nosirovning ozodlikka çiqqan-çiqmagani haqida xabar bölmayotgani faollar va blogerlarning e’tiborini tortgandi.

Hayot Şamsuddinovning aytişiça, u sud tomonidan belgilangan ma’muriy qamoq jazosini ötab, joriy yilning 23 aprel kuni soat 16:00 da ozodlikka çiqqan.

Biroq Activist loyihasining YouTube'dagi kanalida 9 apreldan, Telegram'dagi kanalida esa 12 apreldan buyon post joylanmayapti; Telegram-kanaldagi köplab postlar ğoyib bölgan.

Eslatib ötamiz, bloger bir neçta korxonaga tegişli yogurtlarda karmin moddasi borligi, şu bois ular harom ekanini da’vo qilib video tarqatişi ortidan 15 sutkaga ma’muriy qamalgandi. Ayblovga Din işlari böyiça qömitaning ekspertlik xulosasi va boşqa dalillar asos bölgani keltirilgan