Toşkent viloyati Oqqörğon tumanidagi “Şohruxiya şahristoni” arxeologiya yodgorligining 16 gektar yer maydoni xususiy korxonaga uzoq muddatga ijaraga berib yuborilgani ma’lum böldi. Holat prokuratura organlari tomonidan Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda tarixiy yodgorliklarni muhofaza qiliş va saqlaş maqsadida ötkazilgan nazorat tadbirida aniqlangan.
Mazkur yodgorlik hududida özboşimçalik bilan qazilma işlari olib borilib, tarixiy obektga 315 mln söm zarar yetkazilgan.
Şuningdek, Oqqörğon tumanida quriliş hamda kadastr bölimi mansabdor şaxslari “Qiyritepa” arxeologiya yodgorligining 0,4 gektar yer maydonida noqonuniy ravişda suv inşootining qurilişiga yöl qöyib berişgan. Buning oqibatida tarixiy obektga 180 mln söm zarar yetkazilgan.
Holatlar yuzasidan tegişli mansabdor şaxslar va boşqalarga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oldinroq Samarqand viloyatining Jomboy tumanida joylaşgan «Nomsiztepa» arxeologik yodgorligiga 4,3 mlrd söm zarar yetkazilgani aniqlangandi.
Kunjutlitepa arxeologiya yodgorligini töliq buzib taşlagan şaxs qamoqqa olindi

















