Eng kuçli android-smartfonlar

Antutu aprel oyining eng kuçli android-smartfonlari reytingini e’lon qildi.
Birinçi örinni ROG 7 Pro egallagan. Smartfon Snapdragon 8 Gen 2 protsessori bilan jihozlangan bölib, tezkor xotirasi 16 GB va doimiy xotirasi 512 GB.
Ikkinçi öringa xuddi şu protsessor örnatilgan Red Magic 8 Pro+ smartfoni joylaşdi. Uning ham tezkor xotirasi 16 GB va doimiy xotirasi 512 GB.
Mi 11 Pro esa uçinçi öringa munosib körilgan. Uning tezkor xotirasi 12 GB va doimiy xotirasi 512 GB.
Top-10 android-smartfonlar röyxatiga şuningdek, Mi 13, iQOO 11, Galaxy S23 Ultra, Galaxy S23+, Galaxy S23, One Plus11 va Honor Magic 5 qurilmalari kiritilgan.
iPhone 16 Pro va Pro Max ölçami kattalaştiriladi

Display Supply Chain Consultans kompaniyasining taniqli insayderi va tahlilçisi Ross Yangning ma’lum qilişiça, 2024 yilda taqdim etiladigan iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max modellari mos ravişda 6,3 va 6,9 dyuym diagonalli displey bilan jihozlanadi.
Demak, kelasi yilgi flagmanlar iPhone tarixidagi eng katta smartfon böladi. Taqqoslaş uçun, hozirgi iPhone 14 Pro va iPhone 14 Pro Max 6,1 va 6,7 dyuymli displeyga ega. 2023 yil kuzida taqdim etiladigan yangi avlod smartfonlarida ham bu ölçam özgarmaydi.
2022 yilning eng xaridorgir avtomobillari

JATO Dynamics ma’lumotlariga köra, 2022 yilda jahonda eng köp miqdorda Toyota RAV4 avtomobili

















