Mittivine yumoristik loyihasi asosçisi Farhod Mannopov vafot etgan xususiy klinika litsenziyasidan mahrum bölişi mumkin. Boisi SSV tomonidan ayni şu masalada sudga da’vo arizasi kiritilgan.

15 may kuni Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudida mazkur iş yuzasidan sud jarayoni boşlanadi. Ilk sud majlisi soat 10:50 da belgilangan.

Kun.uz manbasining ma’lum qilişiça, Star Med klinikasi faoliyatini örganiş maqsadida SSV tomonidan ötkazilgan tekşiruvlar yakuniga yetgan. Aniqlangan holatlar yuzasidan vazirlik mutaxassislari tomonidan hujjatlaştirilib, iş sudga oşirilgan.

Eslatib ötamiz, Mittivine yumoristik loyihasi asosçisi, taniqli bloger Farhod Mannopov 2023 yil 5 martga ötar keçasi 27 yoşida Star Med klinikasida vafot etgandi. Holat böyiça Jinoyat kodeksining 116-moddasi bilan iş oçilgan hamda u operatsiya qilingan Star Med klinikasi faoliyati vaqtinça töxtatilgandi.

Avvalroq SSV Farhod Mannopovning ölimi yuzasidan Star Med Center klinikasida ötkazilgan tekşiruv natijalarini oçiqlagan, bemorga tibbiy xizmat körsatgan anesteziolog va reanimatolog, plastik jarroh, laborant şifokor hamda ultratovuş tekşiruvlari şifokorida malakaviy toifa bölmagani aytilgandi.

Ta’kidlanişiça, bemor Farhod Mannopovga tibbiy xizmat körsatişda Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan yagona Nizomda belgilab berilgan bir qator litsenziya talab va şartlari buzilgan. Xususan, Farhod Mannopov operatsiya qilingan Star Med Center klinikasida bemorga anesteziolog va reanimatolog sifatida xizmat körsatgan şifokor J.Q.da malakaviy toifa bölmagan. Anesteziolog va reanimatolog şifokorning malakaviy toifasini tasdiqlovçi amaldagi hujjat taqdim etilmagan.

Blogerni operatsiya qilgan plastik jarroh şifokori ham yetarli tajribaga ega emas bölib çiqqan. Unga operatsiya vaqtida plastik jarroh şifokori sifatida xizmat körsatgan şifokor E.A. Andijon davlat meditsina institutining davolaş işi, umumiy amaliyot şifokori yönalişini 2019 yil 17 iyunda tugatgan.