Andijonda hindistonlik yigitning yongan murdasi topildi
Taxminlarga ko‘ra, fojiaga rad etilgan muhabbat sabab bo‘lgan. Xorij fuqarosining o‘limi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sud-tibbiy, sud-kimyoviy va sud-biologik ekspertizalari tayinlangan.

Foto: Kun.uz
Internetda Andijon shahrining Bog‘ishamol dahasi xududidan noma’lum odamning yongan jasadi topilgani, marhum xorijiy davlatdan O‘zbekistonga o‘qish uchun kelgan talaba bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan.
Viloyat prokuraturasi fojia 9 may kuni sodir bo‘lganini ma’lum qildi.
Rasmiy bayonotda qayd etilishicha, Hindistondan O‘zbekistonga kelgan 37 yashar yigit Andijon davlat tibbiyot institutida tahsil olayotgan 21 yashar hind qiziga turmush qurishni taklif qilgan, ammo rad javobini olgan.
Shundan so‘ng oshiq yigitning ruhiyatida o‘zgarish bo‘lib, Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi istirohat bog‘i hududiga kiruvchi adirlikda noma’lum suyuqlik [aynan qanday suyuqlik ekaniga ekspertiza oydinlik kiritadi – tahr.] yordamida o‘zini yoqib, vafot etgan. Dastlabki surishtiruv davomida marhum o‘limidan oldin boshqa hindistonlik talabalarga endi hayotning qizig‘i yo‘qligi, o‘z joniga qasd qilishi haqida aytib kelgani aniqlangan.
«Sudga oid tibbiy ekspertizaning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, marhumning tanasi va ichki a’zolarida biror bir ko‘rinishdagi tan jarohatlari aniqlanmagan.
Hozirda sud-tibbiy, sud-kimyoviy va sud-biologik ekspertizalari tayinlangan», deyiladi viloyat prokuraturasining rasmiy bayonotida.
Qayd etilishicha, mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 103-moddasi (O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinov tergov o‘tkazish yo‘li bilan qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanishini ma’lum qilgan.
Avvalroq Toshkentda Rossiyaning ikki fuqarosi vafot etgandi. Jumladan, 8 mart kuni 37 yashar rossiyalik jurnalist, «Byulleten kinoprokatchika» nashri bosh muharriri Aleksandr Nechayev Toshkentdagi kvartirasida jonsiz holda topilgan bo‘lsa, 13 mart kuni 27 yashar erkak 7-qavatdan tushib ketib halok bo‘lgandi.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda Marsdan tushgan meteorit auksion orqali sotuvga qo‘yiladi
Jahon | 00:02
-
Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi
Jahon | 23:39 / 03.07.2025
-
Buxoroda shifokor pichoq bilan o‘zini jarohatlamoqchi bo‘lgan shaxsni zararsizlantirdi, bankdan 90 ming dollar talon-toroj qilganlar ushlandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:36 / 03.07.2025
-
Odam savdosida ayblangan o‘zbekistonlik ayol O‘mondan ekstraditsiya qilindi
Jamiyat | 23:33 / 03.07.2025
Mavzuga oid

07:55 / 23.04.2025
Qozog‘istonda Chimkent hokimi o‘rinbosarining hayotiga suiqasd qilindi

17:12 / 11.02.2025
Kennediga suiqasd ishi bo‘yicha 2400 ga yaqin yangi hujjat topildi

09:13 / 09.02.2025
Tramp AQSh Maxfiy xizmatidan o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘lganlar haqida ma’lumot so‘radi

19:38 / 29.01.2025