Hindiston yötalga qarşi siroplar çet elda bolalar ölimiga olib kelganidan söng, farmatsevtika sanoatiga nisbatan siyosatini özgartirmoqçi. Bunga boş vazir Narendra Modi administratsiya tomonidan tayyorlangan hujjatda işora qilinadi. Unda «muhim narsalar e’tibordan çetda qolgani» haqida yozilgan, deb xabar berdi Reuters.
15 may kuni Haydarobod şahrida «Dorilar sifati va uni ta’minlaş çoralari» mavzusida anjuman ötkazilgan. Unda Hindiston soğliqni saqlaş vaziri Mansuh Mandavia va turli nazorat idoralari vakillari iştirok etgan.
Qayd etilişiça, anjumanda dorilar sifati nazorati böyiça «siyosatga tuzatişlar kiritiş» muhokama etilgan. Şuningdek, «muhim narsalar e’tibordan çetda qolgani» haqida gapirilgan. Biroq, anjumanda yötalga qarşi siropdan zaharlaniş va bolalar ölimi tilga olinmagan.
Naşr manbasiga köra, siyosatning özgarişi natijasida farmatsevtika sanoati ustidan nazorat kuçaytirilişi mumkin. Hindiston umumiy dori vositalari yetkazib beruvçi 41 milliard dollarlik farmatsevtika sanoatiga ega.
Körib çiqilayotgan qadamlardan biri - dori vositalarini, jumladan yötalga qarşi siroplarni sinovdan ötkazişni kuçaytirişdir.
Avvalroq, Hindistonning Dori-darmon standartlarini nazorat qiliş markaziy taşkiloti (CDSCO) yötalga qarşi siroplarni eksport qilişdan oldin hukumat laboratoriyalarida sinab körişni taklif qilgan edi.
Ötgan yili Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) Hindistonda işlab çiqarilgan yötal siroplari tarkibida zaharli moddalar - dietilenglikol va etilenglikolning xavfli miqdori borligini aniqladi. Uşbu siroplar Gambiyada kamida 70 bolaning, Özbekistonda kamida 20 bolaning, şuningdek, Indoneziyada ham bolalar ölimiga sabab böldi.
Hindiston özi işlab çiqargan siroplar va bolalar ölimi örtasidagi boğliqlikni rad etib kelmoqda.
Şu bilan birga, Hindiston hukumati Özbekistonga eksport qilingan yötalga qarşi siropni işlab çiqargan Marion Biotech kompaniyasining uç xodimini hibsga olgan va yana birini qidiruvga bergan edi.
Hozirça tergov yakunlari e’lon qilinmadi, hibsga olinganlar taqdiri ham noma’lum.

















