«Grayvoron okrugidagi vaziyat haqida. Hududni Mudofaa vazirligi huquq-tartibot idoralari bilan birga tozalamoqda. Ammo hozirça uyga qaytmay turiş tavsiya etiladi», - deb yozdi Gladkov Telegram-kanalida.
Uning sözlariga köra, tinç aholi orasida halok bölganlar yöq, biroq Rossiya xavfsizlik kuçlari yetib bora olmagan hududda ikki kişi yaralangan.
Avvalroq Belgorod viloyati hududida aksilterror operatsiyasi rejimi e’lon qilingandi.
Viloyat rahbari Vyaçeslav Gladkovga köra, u «fuqarolar xavfsizligini ta’minlaş maqsadida» joriy etilgan hamda «maxsus çora-tadbirlar va vaqtinçalik çeklovlarni örnatadi».
«Jismoniy şaxslarning şaxsini tasdiqlovçi hujjatlarni tekşirişdan boşlab, portlovçi, radioaktiv, kimyoviy va biologik xavfli moddalardan foydalanadigan xavfli işlab çiqariş va taşkilotlar faoliyatini töxtatib turişgaça», — deya tuşuntirdi gubernator.
22 may kuni Belgorod viloyati gubernatori Vyaçeslav Gladkov «Ukraina qurolli kuçlarining qöporuvçilik-razvedka guruhi Grayvoron tumani hududiga kirganini» ma’lum qildi.
Ayni paytda, «Rossiya köngillilar korpusi» öz jangçilari Rossiyada ekani va u yerda jangovar topşiriqlarni bajarayotganini ma’lum qildi. Faollar Telegram’da Bryansk va Belgorod viloyatlaridagi qişloqlarga kiraverişdagi yöl belgilari fonida bir neçta videolarni joylaştirgan va ular kuraşni davom ettirayotganliklarini bildirişgan.
Öz navbatida, «Rossiyaga ozodlik» legioni Ukraina bilan çegaraga yaqin hududlar aholisini uyda qolişga va «qarşilik qilmaslikka» çaqirdi.


















