"Nima çegarada teşiklar bor? Agar bizda hamma narsa yomon bölsa, Mudofaa vazirligidan mintaqa xavfsizligini kuçaytirişni söraş mumkin emasmi?" - deb söradi translatsiya tomoşabinlaridan biri Gladkovdan.

"Sizning fikringizga qöşilaman, Mudofaa vazirligiga sizdan ham köproq savollarim bor, Şuning uçun izoh berişni istamayman, çunki bu notöğri deb öylayman", deb javob berdi gubernator. 

"Yöl qöyilgan xatolardan xulosa çiqarişimiz kerak. Belgorod viloyati aholisi xavfsizligini ta’minlaş - barça huquq-tartibot idoralari zimmasiga olişi kerak bölgan asosiy vazifa", - deya qöşimça qildi u.

22 may kuni Belgorod viloyati gubernatori Vyaçeslav Gladkov "Ukraina Qurolli kuçlarining qöporuvçilik-razvedka guruhi Grayvoron tumani hududiga kirganini" ma’lum qildi. 

Ayni paytda, "Rossiya köngillilar korpusi" öz jangçilari Rossiyada ekani va u yerda jangovar topşiriqlarni bajarayotganini ma’lum qildi. Faollar Telegram’da Bryansk va Belgorod viloyatlaridagi qişloqlarga kiraverişdagi yöl belgilari fonida bir neçta videolarni joylaştirgan va ular kuraşni davom ettirayotganliklarini bildirişgan. 

Öz navbatida, "Rossiyaga ozodlik" legioni Ukraina bilan çegaraga yaqin hududlar aholisini uyda qolişga va "qarşilik qilmaslikka" çaqirdi.