AQŞ maxsus xizmatlari dastlabki tahlillarga asoslanib, may oyi boşida Kremlga uçuvçisiz uçoqlar bilan qilingan hujum ortida Ukraina turgan bölişi mumkin deb hisoblamoqda, deb yozadi The New York Times 24 may, çorşanba kuni manbalariga tayanib.

AQŞ razvedka agentliklariga köra, hujum Ukraina razvedka idoralari tomonidan amalga oşirilgan bölişi mumkin, ammo AQŞ aynan qaysi idora buni qilganini bilmaydi. Amerika razvedkasi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning hujum haqida bilgani yoki bilmagani haqida ham ma’lumotga ega emas, deb yozadi NYT.

Naşrning yozişiça, AQŞning ayrim rasmiylari dastlab hujum Rossiya rasmiylari tomonidan “soxta bayroq ostidagi operatsiya” sifatida amalga oşirilgan, deb hisoblagan. Rossiya rasmiylarining tutib olingan xabarlarini örgangaç, AQŞ razvedkasi Ukraina tomoni hujum qilgani böyiça versiyaga yaqinlaşdi, deya ma’lum qildi NYT.

"Qöşma Ştatlar Ukraina suhbatlarini ham eşitdi, unda rasmiylar bu harakat ortida öz mamlakati turgani haqida fikr bildirdi. Ammo bu amaldorlar, aftidan, Ukraina tizimida aynan kim buni rejalaştirişi va amalga oşirişi mumkinligini bilmagan", - deb yozadi gazeta.