Hindiston davlat laboratoriyalari eksport qilinadigan yötalga qarşi siroplarni majburiy tekşiruvdan ötkazadi. Oldinroq bunday siroplardan Gambiya, Özbekiston va Indoneziyada önlab bolalar ölimi yuz bergan edi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
«1 iyundan boşlab, yötalga qarşi har qanday sirop eksport qilinişidan oldin davlat laboratoriyasida tekşiruvdan ötkazilib, zararli moddalardan xoli ekani töğrisida sertifikat olişi talab etiladi», deb yozdi naşr Hindiston hukumati xabariga tayanib.
Xabarda sinov ötkaziladigan 7 ta davlat laboratoriyasi, şuningdek, milliy akkreditatsiya organi tomonidan sertifikatlangan boşqa davlat laboratoriyalari sanab ötilgan.
Hindistonning 41 milliard dollarlik farmatsevtika sanoati dunyodagi eng yiriklaridan biri hisoblanadi. Biroq Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) Hindistonning uçta kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan yötalga qarşi siroplarda zaharli moddalarni topgaç, uning obrösiga putur yetgan edi. Uşbu kompaniyalardan ikkitasi işlab çiqargan siroplar 2022 yilda Gambiyada 70 nafar va Özbekistonda kamida 20 nafar bolaning ölimi bilan boğliq.
Avvalroq, Hindistonda Maiden Pharmaceuticals tomonidan işlab çiqarilgan, Gambiyada bolalar ölimi bilan boğliq bölgan yötal siroplaridan namunalar tekşiruvdan ötkazilganda, zararli moddalar topilmagan edi.
Biroq, Özbekistonda bolalar ölimi bilan boğliq bölgan Marion Biotech tomonidan işlab çiqarilgan siroplarda zaharli moddalar topildi. Hozirda uşbu kompaniya faoliyati töxtatilgan, uning bir neça mansabdorlari hibsga olingan.

















