Ukrainadagi uruşning 456-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiya va Belarus mudofaa vazirlari rossiyaliklar yadro qurolini Belarusda joylaştiriş böyiça hujjatni imzoladi. Aleksandr Lukaşenkoning sözlariga köra, jangovar kallaklarni joylaştiriş «allaqaçon boşlangan».
  • Yevgeniy Prigojin «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi jangçilarini Baxmutdan olib çiqiş boşlanganini e’lon qildi. Ukraina mudofaa vaziri Anna Malyar vagnerçilar çindan ham şahar atrofidan ketganini tasdiqladi — ularning örniga muntazam armiya qismlari joylaştirilmoqda. Ammo XHK a’zolari şaharning özida qolişda davom etmoqda.
  • Rossiya va Ukraina navbatdagi asirlar almaşinuvini ötkazdi. Kiyev 106 nafar harbiy xizmatçisi qaytarilganini xabar qilgan, Moskva ozod etilganlar soniga aniqlik kiritmagan.
  • Ukraina prezidenti ofisi maslahatçisi Mixaylo Podolyak Ukraina qurolli kuçlarining qarşi hujumi boşlanib ketganini aytdi.
  • FXX Rossiyaning ikkita AES elektr uzatiş liniyalari tayançlarini portlatişni rejalaştirgan «diversantlar» qölga olingani haqida xabar berdi.
  • Amerika razvedkasi Kremlga dronlar hujumi Ukraina tomonidan taşkillaştirilganini gumon qilmoqda.
  • Buyuk Britaniya parlamenti Golodomorni ukrain xalqining genotsid qilinişi sifatida tan oldi. 2022 yil kuzida bunday qaror GFR parlamenti tomonidan qabul qilingandi.

Kun kadri. Askar rafiqasining oldiga qaytdi

Ukrainalik harbiy xizmatçi Lvivdagi temiryöl bekatida rafiqasi bilan körişmoqda
Yuriy Dyachyshyn / AFP / Scanpix / LETA

Ukraina QKning Baxmut atrofidagi dala hospitali