Ukraina kutayotgan F-16’lar: Amerika qiruvçilari uruşning borişiga qanday ta’sir körsata oladi?
|19:45 / 26.05.202323 43510 min
Ukrainalik sobiq harbiy uçuvçi AQŞda 1970-yillarda yaratilgan va hamon foydalanib kelinayotgan harbiy qiruvçi samolyotlar Ukrainaga qanday olib kelinişi va uruş maydonida nimalarga qodirligi haqida sözlab berdi.
Foto: DANIEL / PHCIMAGES / COVER IMAGES / SCANPIX / LETAFoto: DANIEL / PHCIMAGES / COVER IMAGES / SCANPIX / LETA
«Biz F-16 samolyotlariga ega bölsak bu uruşda yengib çiqamiz», — dedi 20 may kuni Ukraina harbiy havo kuçlari spikeri Yuriy Ignat. Öşa kuni AQŞ rasman Yevropa davlatlariga Ukrainaga öz ixtiyorlaridagi F-16 harbiy samolyotlarini yetkazişga ruxsat berajagini va uçuvçilarni tayyorlaşda iştirok etişini e’lon qildi. Öşandan buyon Ukraina qurolli kuçlariga F-16 samolyotlarini yetkazib beriş haqidagi gap-sözlar tinmayapti. Ayni paytdagi boş vazifa — yetarli miqdordagi ukrain uçuvçilarini zudlik bilan bu samolyotlarni boşqarişga örgatişdir.
Ukraina F-16 samolyotlarini qaçon qölga kiritişi va jangovar harakatlarda ularning qanday yordami tegişi haqida «Vajniye istorii» naşri ukrainalik harbiy ekspert, sobiq uçuvçi, Ukraina QKning zaxiradagi polkovnigi Roman Svitan bilan suhbatlaşdi.
Ukraina qaçon F-16’larni oladi?
Qiruvçi samolyotlarni yetkazib beriş muddatlari ukrainalik uçuvçilar ularni boşqarişni qançalik tez örganib olişiga boğliq.
Şunçaki «köçadan kelib» samolyotni boşqarişga örganiş uç-tört yil vaqtni oladi. Lekin Ukrainada hozir MiG-29, Su-20 va MiG-21 kabi sovet samolyotlari, şuningdek, Çexiyaning L-39 samolyotlarini boşqarişni eplaydigan bir neça yuz uçuvçi bor. Ularni uç-tört oy içida örgatiş mumkin.
Svitanning sözlariga köra, tajribali qiruvçi uçuvçi har qanday samolyotni boşqara oladi.
«Sönggi 30 yil içida Ukrainada aynan qiruvçi samolyotlarni boşqara oladigan yuzlab uçuvçilar tayyorlandi. Sovet ittifoqi davridan buyon parvoz qilib yurgan yetarliça kadrlar bor. Ularning barçasi professionallar, çunki sönggi sakkiz-ön yil içida eski, ahvoli abgor sovet samolyotlarida uçişgan, biroq yangi şaroitlarda parvoz qilişgan. Agar inson «Jiguli»ni boşqarib yurgan bölsa, «Mersedes»ni albatta hayday oladi. F-16 samolyotlarida riçag örniga joystikni boşqarişni örganiş kerak, xolos. Buni trenajyorda ham örganiş mumkin. Joystikni boşqarişni örganganingdan söng samolyotda bir-ikki marta parvoz qilib körib, jangovar vazifalarga kirişaveriş mumkin», — deydi ekspert.
Mavzuga oid
Uning sözlariga köra, örganiş uçun ukrainalik uçuvçilarga yetarliça trenajyorlar taqdim etilgan.
«Bunaqa trenajyorlar özi kam. Jahon böylab terib çiqilsa, yuztaça çiqsa kerak. Şu sababli önlab davlatlar öz trenajyorlarini parvoz tarkibiga taqdim etişi uçun koalitsiya tuzilgan. Bizga yuzlab uçuvçilar kerak — bu sondagi mutaxassislar bizda bor va ular qayta tayyorlovdan ötiş uçun şay. Önlab davlatlar birdan işga kirişsa, ularni uç-tört oyda örgatiş mumkin. Fikrimça, yozning oxiriga borib bizda yetarliça uçuvçilar böladi. Bir mamlakatda ekspluatatsiya qilişdan ma’no bölgan samolyotlarning minimum soni 40 ta bölişi kerak. Bu — brigada. Yozning oxirlarida biz tayyorgarlikdan ötgan, jangovar vazifalarni bemalol bajara oluvçi brigadani kutmoqdamiz. Qarşi hujumning ikkinçi bosqiçigaça», — deydi Roman Svitan.
Qiruvçi samolyotlarni yetkazib beriş böyiça koalitsiya tuzilgani haqida ötgan haftada Buyuk Britaniya va Niderlandiya e’lon qildi. Ukrainalik uçuvçilarni qayta tayyorlovdan ötkazişga tayyorligi haqida dastlab Polşa rasman mamlakat mudofaa vaziri Mariuş Blaşçak siymosida e’lon qilgan bölsa-da, AQŞ mudofaa vaziri Lloyd Ostin Daniya va Niderlandiya ukrainalik harbiy uçuvçilarini F-16 qiruvçi samolyotlarini boşqarişga örgatuvçi ilk davlatlar bölişini ta’kidlab ötdi. Keyinroq ularga Norvegiya va Belgiya qöşiladi, deya qayd etadi New York Times.
AQŞ harbiy havo kuçlari uçuvçilari ukrainaliklarni Yevropada şuğullantirişi ehtimoli yuqori. AQŞning Yevropadagi ikkita aviabazasi — Germaniya va Italiyada Amerika qiruvçi samolyotlari bor.
F-16’dan qanday foydalanişadi?
F-16 samolyotlari Ukrainaning ixtiyoriga kelib tuşgaç, ulardan ikkita muhim vazifani hal qilişda foydalaniladi — Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimini mustahkamlaş hamda yerusti qöşinlarining hujumini öt oçiş bilan qöllab turiş, deydi Svitan.
«F-16 köp funksiyali maşina bölib, havo hujumidan mudofaa tizimlari vazifasini ham bajarişi mumkin. Ular juda zör radar bilan ta’minlangan — 300 kilometrni «köra» oladi, raketalari 200 kilometrdagi nişonni ura oladi. Ya’ni, u uzoq masofadan turib barça turdagi uçuvçi apparatlarni tutib olişga qodir qiruvçi samolyot hisoblanadi», — deya tuşuntiradi ekspert.
F-16 Rossiyaning Ukrainaga qanotli raketalar uçirayotgan strategik bombardimonçi samolyotlarini urib tuşira olmaydi. Biroq Amerika uçoqlari öşa raketalarni hali Rossiya hududi ustida uçayotgan çoğda urib tuşira oladi.
«F-16 raketani Rossiya hududiga kirmasdan turib, öşa yerda tuta oladi. Ya’ni samolyot Xarkivda turib Belgorod, yoki Kursk, yoki Voronej ustidagi raketani muammosiz urib tuşira oladi», deydi Svitan.
Svitanning aytişiça, qarşi hujumni qöllab-quvvatlaşda F-16 qiruvçi uçoqlari uçta eskadrilya bölib harakat qiladi. Birinçisi duşmanning havo hujumidan mudofaa tizimini işdan çiqaradi, ikkinçisi duşman istehkomlari, texnikasi va tirik kuçlariga zarba beradi, uçinçisi himoya qiliş bilan maşğul böladi.
«Dastlabki vazifa— duşmanning havo hujumidan mudofaa qurilmalarini işdan çiqariş. Bu iş bilan maxsus F-16 samolyotlari — uçar radioelektron kuraş stansiyalari şuğullanadi. Har bir samolyot töqqizta osiş nuqtasida töqqizta aksilradiolokatsion HARM raketalarini olib yura oladi. Duşmanning havo hujumidan mudofaa tizimi işdan çiqarilmaguniça, birorta samolyot «yerga qarata» jangovar öt oçiş uçun parvoz qilmaydi.
Tor uçastkada HHM tizimi yöq qilingaç, bomba va raketalar bilan yuklangan F-16 eskadrilyasi osmonga kötarilib, qarşi hujumga ötgan qismlar oldidagi barça narsani kunpayakun qiladi, duşmanning qarşilik körsatiş liniyasini parçalaydi. Har bir bomba «yarimtonnali» deb ataladi va ön metr çuqurlikdagi voronkalarni vujudga keltiradi. Bu hali çuqurlikning özi, zarar yetkazuvçi elementlar yuzlab metrlarga uçadi. Bombaning jangovar yuklamasi içida piyodalar, texnikalarga bevosita zarar yetkazuvçi juda köp narsalar bor. Bunda duşmanning qarşilik körsatuvçi kuçlarini yöq qiliş böyiça zargarona işlaşga töğri keladi.
Tabiiyki, aviatsiya tomonidan «şudgorlangan» yönalişda yerusti qöşinlari osonroq harakat qiladi, qolgan-qutgan narsalarni çertib yiqitaveradi.
Uçinçi eskadrilya bu paytda osmondan turib qiruvçi sifatida bularning barçasini himoyalab turadi — radioelektron kuraş olib borayotganlarni ham, bombardimonçilar eskadrilyasini ham. Ya’ni, uzoq masofani körsatib turuvçi lokatorlari bilan bu eskadrilya jang maydoniga duşmanning birorta qiruvçi uçoğini ham, birorta raketasini ham yaqinlaştirmaydi», — deydi Svitan.
Ekspert Ukraina qurolli kuçlarining yozgi qarşi hujumini F-16’larning yordamisiz ham amalga oşirişi mumkinligiga işonçi komil. U ukrainaliklar Azov dengiziga çiqib oliş va Rossiyaning Qrimga quruqlikdagi yölini kesiş uçun boş zarbani Zaporijjya oblastiga beradi, deb hisoblaydi.
«Azov dengiziga çiqiş vazifasini biz zenit-raketa komplekslari va yetarli artilleriya tayyorgarligi himoyasi ostida uddalaşimiz mumkin. Çunki hudud tep-tekis, dengizoldi hududlari stoldek tekis. U yerda texnika oson yuradi, artilleriya ham osongina ergaşadi. Duşmanning aviatsiyasidan esa zenit-raketa komplekslari yordamida himoyalaniş mumkin. Tanklar va «ötli devorlar» bilan samolyotlar yordamida bölganidek 100 km masofa bölmasa ham, oldindagi 30 km masofani kuydiriş mumkin. Buning uçun yetarli miqdordagi snaryadlar kerak, bunga egamiz va yetarli miqdorda stvollar kerak, bunga ham egamiz.
Donbassni ozod qiliş esa aviatsiyasiz qiyin böladi, çunki u yerda toğli tepaliklar, köllar va daryolar köp. Qrim bilan ham mana şunday holat. Menimça, Qrimni ozod qilişga kirişganimizda samolyotlar yetib kelgan böladi», — deydi ekspert.
F-16’larni aerodromda qanday asrasa böladi?
F-16 samolyotlarini Rossiya qanotli raketalaridan yaşiriş bilan boğliq muammolar bölmasligi kerak, deb hisoblaydi Svitan.
«Bir neça oy, hattoki sönggi bir yilda Rossiyaning birorta raketasi yerdagi birorta ukrain samolyotiga zarar yetkaza olgan emas. Bunga aviatsiya soçib yuborilgani tufayli erişilgan. Agar bir eskadrilya bitta aeroportda töplangan bölsa, samolyotlarni şunday soçib yuboriş mumkinki, raketa bilan ularni uriş imkonsiz böladi. Ming kilometr naridan turib X-101 raketasini uçirgan uçuvçi ayni paytda samolyot qaysi buta oldida turganini qayoqdan bilsin?
Samolyotlar joylarini mudom almaştirib turadi. Ular bir joyda turib qolmaydi. Agar pilotsiz boşqariluvçi qurilma uçib kelib, samolyotlarning joylaşuvini körgan taqdirda ham, u qaytib borgunça, ma’lumotlarni uzatgunça, marşrutizatorlar nuqtalarni qayta işlagunça samolyot u joyda bölmaydi. Ularni bir joydan ikkinçisiga ötkazib qöyişadi. Hattoki HHM tizimini ovora qilib ötirişmaydi.
Aynan şu yöl bilan barça samolyotlarimizni saqlab qolganmiz. Samolyotlar bir joyda emas, soçilib turgan bölsa, uni qanotli raketa bilan nişonga olib bölmaydi. Agar F-16’lar Patriot yoki SAMP-T kabi HHM tizimlari bilan himoyalangan bölsa-çi? Bu holda Kiyevdagidek, birorta raketa yaqinlaşa olmaydi. U yerga şturmçi samolyotlar-ku aslo yaqinlaşa olmaydi, darhol urib tuşiriladi. Ya’ni osmondan böladigan hujumdan himoyalaniş mutlaqo muammo emas».