Energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov Özbekistonda yoqilği-energetika sohasini rivojlantiriş borasida Energy Intelligence naşriga intervyu berdi. Vazir naşrning “Rosatom” bilan birgalikda Özbekistondagi ilk AESni quriş loyihasida siljiş bölmayotgani haqidagi savoliga ham javob bergan.

“Bu borada heç qanday siljiş yöq demagan bölardim. Rossiya va Özbekiston örtasida atom energetikasi sohasida hamkorlik töğrisidagi bitim doirasida hukumatlararo hamkorlik işlari davom etmoqda. Ehtimol, iş biz kutganimizdan biroz sekinroq davom etayotgandir, çunki biz barça jihatlarni körib çiqyapmiz, har bir detalni tekşirib, muvofiqlaştiryapmiz, mumkin bölgan xavflarni bartaraf etyapmiz”, – dedi Mirzamahmudov.

Uning sözlariga köra, hukumat parallel ravişda maşhur bölib borayotgan kiçik modulli reaktorlar sohasidagi sönggi işlanmalarni körib çiqyapti.

“Atom elektr stansiyasini quriş davlatga ham moliyaviy, ham boşqa jihatlarga köra juda jiddiy majburiyatlar yuklaydi. Şu bois, hozir biz mavjud energiya tanqisligini bartaraf etiş uçun birinçi navbatda qayta tiklanadigan energiya manbalarini jadal rivojlantirişga e’tibor qaratyapmiz.

Biroq biz atom energiyasi masalasini kun tartibidan olib taşlamadik. Zavod quriş kun tartibida – texnologiyalarni örganyapmiz, kadrlar tayyorlayapmiz, hamkorlar bilan muzokaralar olib boryapmiz. Biz har qanday risklarni bartaraf etişimiz kerak”, – dedi Jörabek Mirzamahmudov.

Özbekistonda AES quriş loyihasi haqida

2017 yil dekabrda Rossiya va Özbekiston hukumatlari atom energiyasidan tinç maqsadlarda foydalaniş böyiça kelişuv imzolagan. Özbekistonda quriladigan birinçi AESning qiymati 2018 yilda taxminan 11 mlrd dollarga baholangan edi. Stansiya umumiy quvvati 2,4 gigavatt bölgan ikkita energoblokdan iborat bölişi, u Jizzax viloyatida qurilişi reja qilingan.

“Rosatom” 2020 yil boşidayoq Özbekistonda AES qurişni boşlab, birinçi blokni 2028 yilda işga tuşirmoqçi edi. Bu boradagi yakuniy şartnoma hali imzolanmagan. Rossiya tomoni bir neça yildan beri şartnoma loyihasi deyarli tayyorligini aytib keladi, Özbekiston esa buni tasdiqlamaydi