22 may kuni Moskvada uçraşgan Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov va Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov Özbekistonda AES qurilişi masalasini körib çiqmagan. Bu haqda Kun.uz'ga Özbekiston TIVdagi manba ma’lum qildi.

“Bu masalada hozirça heç qanday kelişuv imzolanmagan, suhbatda ham [AES masalasini] faqat Rossiya tomoni gap orasida aytib ketdi, xolos”, dedi ismi sir qolişini söragan vazirlik rasmiysi.

Avvalroq, RF TIV bu uçraşuv oldidan tarqatgan axborotida Özbekiston hududida Rossiya tomonidan loyihalaştirilgan AES böyiça boş şartnomaning asosiy şartlari böyiça kelişuv göyoki “yuqori darajada tayyor” ekanini iddao qilgandi.

Bu – Rossiya tomonidan AES böyiça kelişuv deyarli tayyor, deyilayotgan birinçi holat emas. RF rasmiylari yillardan buyon köplab muloqotlarda Özbekiston tomonini AES böyiça kelişuvni tezroq imzolaşga şoşirib keladi.

2020 yil dekabr oyida Rossiyaning Toşkentdagi elçisi Vladimir Tyurdenev atom elektr stansiyasini quriş böyiça Özbekiston va Rossiya örtasidagi şartnoma “deyarli tayyor holatga keltirilgan”, faqat texnik jihatlari qoldi, degan edi.

“ÖzAtom” agentligi esa rus elçisining gaplarini rad qilib, hali kelişuvga erişilmagani ma’lum qilgan. “Şartnomani muhokama qilişda Özbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini inobatga olgan holda muzokara pozitsiyalari işlab çiqilgan va himoya qilib kelinmoqda”, – deya bayonot bergan “ÖzAtom” agentligi.