Senat axborot xizmati ma’lumotiga köra, video-konferens-aloqa tizimidan foydalangan holda ötkaziladigan yalpi majlisda qator qonun va masalalarni muhokama qiliş rejalaştirilgan.

«Manfaatlar töqnaşuvi töğrisida»gi, «Özbekiston ayrim qonun hujjatlariga norasmiy bandlikni qisqartirişga qaratilgan özgartişlar va qöşimça kiritiş töğrisida»gi, «Özbekiston ayrim qonun hujjatlariga Qoraqalpoğiston Respublikasida investitsiya va işbilarmonlik muhitini yaxşilaşga qaratilgan qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi, «Ekologiya va jamoat tartibini saqlaş sohalaridagi qonunçilik takomillaştirilişi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi, «Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga özgartişlar kiritiş haqida»gi qonunlar şular jumlasidandir.

Şuningdek, «Telekommunikatsiyalar sohasida ayrim faoliyat turlarini amalga oşirganlik uçun davlat boji miqdorlari maqbullaştirilişi munosabati bilan «Davlat boji töğrisida»gi qonunga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqida»gi, «Soliq kodeksining 483-moddasiga qöşimça kiritiş töğrisida»gi qonunlar körib çiqiladi.

Şu bilan birga, senatorlar Markaziy bankning 2022 yildagi faoliyati töğrisidagi hisobotini eşitadi.

Majlisda Senatning qirq birinçi yalpi majlisini 2023 yilning 1 iyun kuni çaqiriş töğrisida qaror qabul qilindi.