Mustaqil OAV xabarlariga köra, Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi hokimiyatni zöravonlik yöli bilan egallab olişga tayyorgarlik körganlikda gumon qilingan 10 ga yaqin kişini qölga olgan, hozirça rasmiy ma’lumot yöq.

OAV xabarlariga köra, Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi (MXDQ) Bişkekda ommaviy qölga oliş işlarini olib bormoqda. 5 iyun, duşanba kuni mustaqil naşrlar huquq-tartibot idoralaridagi manbalariga tayanib, hokimiyatni zöravonlik bilan egallaşga tayyorgarlik körganlikda gumonlanganlar qölga olinayotgani töğrisida xabar berdi.

24.kg naşri ham davlat töntarişi ehtimoli iştirokçilarining ommaviy qölga olinişi haqida yozyapti. Portal öz manbalariga tayanib, bir guruh şaxslar hokimiyatni kuç bilan egallab olişga tayyorgarlik körganiga işora qilmoqda. Şu bilan birga, qölga olinganlarning ismlari aytilmagan. Bundan taşqari, naşr maxsus bölinma askarlari maşinadan tuşib, turar joy binosi hovlisiga kirgani, şuningdek, maşinani töxtatib, haydovçini qölga olgani tasvirlangan videolarni e’lon qilgan.

Hozirça bu borada Qirğiziston rasmiylaridan heç qanday rasmiy izoh berilmagan.