Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi (MXDQ) Bişkekda «hokimiyatni zöravonlik bilan egallab oliş»ga tayyorgarlik körişda gumon qilingan 30 dan ortiq kişi qölga olingani töğrisida xabar berdi. «Uşbu jinoiy guruh yil davomida maqsadli ravişda öz safiga tarafdorlarni jalb qiliş va butun mamlakat böylab eng norozi fuqarolarni öz safiga qöşiş böyiça iş olib borgan», deya ma’lum qildi 6 iyun, seşanba kuni MXDQ.

Maxsus xizmat «Eldik Keneş» partiyasi raisi Roza Nurmatovani davlat töntarişiga tayyorgarlikning «asosiy taşkilotçisi va mafkuraviy ilhomlantiruvçisi» deb atagan. Uning rahbarligida doimiy ravişda «davlat tuzilmalariga qarşi aloqador şaxslar iştirokida hokimiyatni zörlik bilan egallab oliş rejalarini muhokama qiliş böyiça yaşirin yiğilişlar ötkazilib turilgan», deyiladi MXDQ xabarida. Nurmatova va yana tört kişi tergov izolyatoriga joylaştirildi. 

Bundan taşqari, maxsus xizmat uyuşgan guruhga «jamiyatning turli qatlamlari va mamlakatning turli mintaqalaridan 100 dan ortiq odam kiritilgani, ular orasida aniq vazifalarga ega rollar taqsimlangani»ni ta’kidladi. «Yaqin kelajakda taşkiliy masalalarni moliyalaştiriş va asosiy mansabdor şaxslarga maoş tölaş uçun xorijiy manbalardan katta miqdorda mablağ kelişi kutilgan», - deya ta’kidlaydi MXDQ.

Qirğiziston ommaviy axborot vositalari keça Bişkekda hokimiyatni zöravonlik bilan tortib olişga tayyorgarlik körişda gumon qilinayotgan ommaviy qölga oliş holatlari haqida xabar tarqatdi. Öşa kuni rasmiylar uşlanganlar haqida rasman izoh bermagan.