Ukraina Rossiya hududida qöporuvçilik faoliyatini amalga oşiruvçi agentlar tarmoğini yaratdi va ularni hujumlarni taşkil qiliş uçun dronlar bilan ta’minladi, deb xabar berdi CNN AQŞ razvedka ma’lumotlari bilan taniş manbalarga tayanib.
AQŞ rasmiylariga köra, Rossiya hududidan uyuştirilgani aytilayotgan Kremlga dron hujumi ortida aynan şu agentlar turibdi. Bu agentlar 30 may kuni Moskvaga dron hujumida iştirok etganmi yoki yöqmi, hozirça noma’lumligiça qolmoqda.
CNN suhbatdoşlarining iddao qilişiça, Rossiya içidagi «sabotaj uyalari» ukrainaparast faollar va «uşbu turdagi uruş bilan şuğullaniş uçun tayyorlangan operativ xodimlardan» taşkil topgan. Ukraina ularni özida işlab çiqarilgan dronlar bilan ta’minlayapti. Ikki amerikalik mulozimning aytişiça, zarbalar AQŞ tomonidan taqdim etilgan dronlar yordamida amalga oşirilgani haqida heç qanday dalil yöq.
CNN suhbatdoşlari dronlarni yetkazib berişning aniq yönalişlarini bilmaydi, biroq ular Kiyevda dronlar yoki ularning tarkibiy qismlarini Rossiya hududiga ötkazişda foydalaniş mumkin bölgan samarali kontrabanda yöllari borligini aytişdi.
Yevropa razvedkasi vakili Rossiya-Ukraina çegarasi juda uzun ekanini qayd etdi, bu esa nazoratni qiyinlaştiradi va yuk kontrabandasi uçun qulay qiladi. «Şuningdek, bu Rossiyaning çekkasidagi hududlar ekanini tuşuniş kerak. Tirikçilik qiliş bu joylarda hamma uçun muammo, şuning uçun naqd pul möjizalar yaratadi», dedi manba.
Agentlarni kim nazorat qilişi aniq ma’lum emas. CNN manbalarining fikriça, ular bilan Ukraina razvedkasi xodimlari aloqada bölişi mumkin. Telekanalning ikki suhbatdoşi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Ukraina razvedkasi va xavfsizlik xizmatlari qila oladigan «umumiy parametrlar»ni belgilab qöyganini, biroq har bir operatsiya davlat rahbarining roziligini talab qilmasligini tuşuntirdi.
Ukraina xavfsizlik xizmati (UXX) rasmiysi CNN telekanaliga Rossiya içidagi «sirli portlaşlar va dron hujumlari» davom etişini aytdi. «Biz bu «portlaşlar»ni faqat ğalaba qozonganimizdan keyin izohlaymiz», dedi agentlik vakili.
AQŞ razvedka ma’lumotlari bilan taniş bölgan manba sözlariga köra, Kremlga dron hujumlari ukrainaliklarning bunday diversiya uçun infratuzilma quriş böyiça «bir neça oylik sa’y-harakatlarining çöqqisi».
AQŞ yuqori martabali rasmiylari Rossiya içidagi zarbalarni oçiq qoralab, uruş yanada kuçayib ketişi mumkinligidan ogohlantirgan. Biroq, CNN bilan yuzma-yuz suhbatda AQŞ va Ğarb rasmiylari bunday zarbalarni oqlagan va Rossiya resurslarini öz hududini himoya qilişga yönaltiriş mumkin bölgan oqilona harbiy strategiya ekanini aytgan.


















