Bişkek sudi “Eldik Keneş” partiyasi rahbari Roza Nurmatova, “Çek ara” (“Çegara”) jamoat birlaşmasi a’zosi Guljigit Isoqov va yana ikki nafar uşlaganlarni 21 iyunga qadar hibsga oldi. Ularning barçasi “hokimiyatni zöravonlik bilan egallab oliş”ga tayyorgarlik körişda gumon qilinmoqda, deb xabar beradi mustaqil naşrlar 7 iyun, çorşanba kuni.

Uşlanganlardan yana biri, Qirğiziston Milliy universiteti öqituvçisi Çölponbek Sidiqboyev sud tomonidan uy qamoğiga olindi.

Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi (MXDQ) avvalroq Bişkekda “hokimiyatni zöravonlik bilan egallab oliş”ga tayyorgarlikda gumon qilingan 30 dan ortiq şaxs qölga olinganini ma’lum qildi. “Uşbu jinoiy guruh bir yil davomida tarafdorlarni jalb qiliş va mamlakat böylab eng norozi fuqarolarni öz safiga qöşiş böyiça maqsadli işlarni amalga oşirdi”, - deyiladi maxsus xizmat xabarida.

Davlat töntarişiga tayyorgarlikning “asosiy taşkilotçisi va ğoyaviy ilhomlantiruvçisi” “Eldik Keneş” partiyasi raisi Roza Nurmatova bölgan, deb ma’lum qildi Milliy xavfsizlik davlat qömitasi. Xavfsizlik kuçlari ma’lumotlariga köra, uning rahbarligida doimiy ravişda "hokimiyatni zörlik bilan egallab oliş rejalarini muhokama qiliş bilan davlat tuzilmalariga qarşi şaxslarni töplaşga qaratilgan maxfiy uçraşuvlar" ötkazilgan.