Özbekiston va AQŞ munosabatlari yaxşilanişi ikki mamlakat fuqarolari va umuman mintaqa uçun foydali hisoblanadi. Bu haqda AQŞning Özbekistondagi elçisi Jonatan Henik Alter Ego loyihasi uçun bergan intervyusida aytib ötdi. Elçi Markaziy Osiyo uçun taşqi kuçlarning kuraşi va mintaqaning Rossiya bilan aloqalariga ham töxtalib ötgan.
«Markaziy Osiyoni faqat boşqalar ta’siri uçun kuraşiladigan maydon, deya ta’riflaş juda oddiy bölardi. Markaziy Osiyo davlatlari, xususan, Özbekiston 30 yildan ortiq vaqtdan buyon mustaqil. Bular özlari mustaqil qaror qabul qiladigan hukumatga ega davlatlardir.
Özbekiston hukumati öz xalqi manfaatlarini öylab taşqi siyosat yuritayotgani kuzatiş hayron qoldiradi. Ya’ni biror davlatga qarab qolmagan hamda barça qöşnilari bilan yaxşi bölişga urinayotgan taşqi siyosat. Xuddiki, Rossiya bilan ham, Xitoy bilan ham, YeI va AQŞ bilan ham ijobiy va foydali munosabatda bölayotgandek taşqi siyosat. Agar men prezident bölganimda ham taşqi siyosatda şunga öxşaşroq yönaliş tanlagan bölardim.
Men AQŞ-Özbekiston munosabatlarining mustahkamlanişi va AQŞ ta’sirining ortişi nimadir evaziga bölişi kerakligiga qarşiman. Aslini olganda ikki tomonlama munosabatlarimiz yaxşilanişi özbek xalqi, Amerika fuqarolari va umuman mintaqaning foydasi uçun», – degan elçi.
Jonatan Henik 2022 yil noyabr oyida Toşkentga kelib, Özbekistonni AQŞ bilan hamkorlik qilişning oqibatlaridan ogohlantirgan Rossiya Davlat dumasi raisi Vyaçeslav Volodinning sözlariga ham munosabat bildirdi.
«Menimça janob Volodin öz manfaatlarini ilgari surgan. U Özbekiston manfaatlaridan kelib çiqmaydi, balki özi va Moskvadagi hamkasblarining manfaatlaridan kelib çiqadi. Rossiya tarixiy sabablarga köra Markaziy Osiyo bilan yaqin aloqalarga ega. AQŞ bundan norozi emas, lekin Rossiya Özbekiston boşqa davlatlar bilan ham mustahkamroq va muvozanatli aloqalarga egalini körmoqda. Ular bu munosabatlarning Rossiyaning mintaqadagi ta’siriga zarar yetkazadi, deb öylaydi», – deydi u.
— Biz köpinça taşqi kuçlar turli taraflarga tortayotganini körişimiz mumkin. Özbekiston qança vaqt bunday muvozanatli taşqi siyosat yurita oladi, deb öylaysiz?
— Özbekiston oxirgi yillarda katta ösişga erişdi, deb öylayman. Biz bu mamlakat juda tez rivojlanayotganini körişimiz mumkin. Men oldin işlagan davrimdagi Özbekiston va hozirgisi örtasidagi farq sezilarli (u muqaddam Davlat departamentining Janubiy va Markaziy Osiyo böyiça byurosida matbuot va jamoatçilik diplomatiyasi böyiça direktor bölib işlagan). Men Özbekiston iqtisodiy va siyosiy jihatdan ösişda davom etadi, deb öylayman. Özbekiston rivojlangani sari öz kuçini muvozanatlaştirib turiş kerak, degan fikrlar kamayib boradi. Men Özbekiston öz oyoqlarida tura oliş uçun yetarli darajada kuçli, deb öylayman.

















