Soğliqni saqlaş vazirligida mamlakatga amaliy taşrif bilan kelgan AQŞ prezidentining global hamkorlik masalalari böyiça maxsus vakili Paolo Zampolli hamda uşbu davlatning Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi Jonatan Henik bilan uçraşuv ötkazildi.

Uçraşuv davomida tomonlar AQŞ kompaniyalari bilan birgalikda dori-darmon va farmatsevtika mahsulotlarini işlab çiqariş, tibbiyot muassasalarini boşqariş, mutaxassislarni öqitiş va ularning malakasini oşiriş, şifoxonalarni yuqori texnologiyali uskunalar bilan ta’minlaş masalalarini muhokama qildi.

Şuningdek, AQŞ standartlari asosida örta tibbiyot xodimlarini tayyorlaş dasturini işlab çiqiş va keyinçalik uşbu mutaxassislarni qonuniy asosda xorijda iş bilan ta’minlaş masalalari körib çiqildi.

Muloqot yakunida P.Zampolli Özbekiston AQŞ uçun mintaqadagi işonçli strategik hamkor ekanini ta’kidlab, Amerika tomoni soğliqni saqlaş sohasiga doir şu kabi istiqbolli loyihalarni amalga oşirişga tayyor ekanligini ma’lum qildi.