Bugun, 12 fevral kuni prezident yordamçisi Saida Mirziyoyeva AQŞning Özbekistondagi elçisi Jonatan Henik bilan uçraşuv ötkazdi. Bu haqda u özining Telegramʼdagi kanaliga yozib qoldirdi.

Qayd etilişiça, suhbatda tez özgarayotgan voqeliklarni inobatga olgan holda AQŞning yangi ma’muriyati bilan özaro manfaatli hamkorlikni rivojlantiriş masalalari muhokama qilingan.

«Şuningdek, ayollar uçun imkoniyatlar yaratiş, ta’lim sohasini yaxşilaş hamda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlaş yuzasidan fikr almaşdik», — deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

Eslatib ötamiz, yanvar oxirlarida Saida Mirziyoyeva Yevropa Ittifoqining Özbekistondagi elçisi bilan uçraşgan edi. Muloqot davomida aprel oyida Samarqandda bölib ötadigan «Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo» sammitiga körilayotgan ikki tomonlama tayyorgarlik masalalari muhokama qilingandi.