Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) yötalga qarşi zaharli siroplar bilan boğliq global tahdid hali ham yöqolmaganini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters yozdi.
Taşkilot ötgan yili uç mamlakatda (Gambiya, Özbekiston, Indoneziya) 300 dan ortiq bola ölimiga sabab bölgan zaharli dorilar bilan boğliq hodisalardan keyin, bu mamlakatlar safiga yana oltitasi qöşilgani haqida xabar berdi.
JSST sifatsiz va kontrafakt dorilar bilan boğliq hodisalar böyiça guruh rahbari Rutendo Kuvana yangi davlatlar nomini aytişdan boş tortdi, çunki suriştiruv-tergov jarayoni hali ham davom etmoqda.
U zaharli dorilar yana bir neça yil davomida topilişi mumkinligi haqida ogohlantirdi, çunki soxta ingrediyent solingan boçkalar omborlarda qolgan bölişi mumkin. Yötalga qarşi siroplar va uning tarkibiga kiruvçi propilenglikolning saqlaş muddati taxminan ikki yil.
«Bu doimiy xavf», dedi Kuvana.
Farmatsevtika sohasi mutaxassislarining ma’lumotiga köra, ba’zi «vijdonsiz» işlab çiqaruvçilar propilenglikolni zaharli muqobillar - etilenglikol va dietilenglikol bilan almaştirmoqda, çunki ular arzonroqdir. Bunday moddalar köproq tormoz suyuqligi va inson iste’moli uçun möljallanmagan boşqa mahsulotlarda qöllaniladi.
JSST xulosasiga köra, 2021 yilda propilenglikol narxi keskin oşgani sababli, bir yoki bir neçta ta’minotçilar uni arzonroq, ammo zaharli suyuqliklar bilan aralaştirgan, dedi Kuvana. U ta’minotçilar qayerda ekanini aytmadi va noaniq ta’minot zanjirlari buni isbotlaşni qiyinlaştirişini qöşimça qildi. Farmatsevtika işlab çiqaruvçilari, odatda dori ingrediyentlarni taşqi ta’minotçilardan sotib oladi.
JSST 2001 yildan beri 5 yoşgaça bölgan bolalarga yötalga qarşi siroplarni bermaslikni tavsiya qiladi, çunki ularning qançalik samarali ekani yoki nojöya ta’sirlari haqidagi dalillar yetarli emas.
JSST barça mamlakatlarni dori vositalari ustidan nazoratni kuçaytirişga çaqirmoqda. Şuningdek, dori vositalarini sinab köriş uçun resurslarga ega bölmagan mamlakatlarga yordam taklif qilmoqda.
Eslatib ötamiz, 2022 yil dekabr oyida Hindistonning Marion Biotech kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan «Dok-1 MAX» yötalga qarşi siropidan Özbekistonda önlab bolalar halok bölgan edi.

















