Siyosatçining özi bunday maşhurlikka erişişni xohlamagandi. Doim odamlar çindan yaxşi köradigan gubernator bölişni orzu qilgan Gladkov bugun orzularini çekkaga surib qöyib, uruş örtasiga tuşib qoldi. U hozir oblastni obodonlaştiriş haqida emas, «Vagner» rahbari Yevgeniy Prigojin bilan mojaroni hal qiliş, şuningdek, Putinning unga nisbatan spetsifik munosabati haqida boş qotirişga majbur.

«Meduza» maxsus muxbiri Andrey Persev Rossiyaning eng maşhur gubernatori Vyaçeslav Gladkovning faoliyatiga nazar taşladi.

Çegaradagi qişloq

Novaya Tavoljanka – Ukraina çegarasiga eng yaqin joylaşgan 5 ming kişi yaşaydigan qişloq. U oxirgi vaqtlarda uruşning eng qaynoq nuqtalaridan biriga aylandi. 5 iyun kuni mahalliy rahbariyat bir muddat qişloq ustidan nazorat qöldan berilganini amalda tan oldi. Gladkov tuşuntiriş bermagan holda bu qişloqqa kira olişmayotganini aytdi.

Öşa vaqtda Novaya Tavoljankani Ukraina tomonida turib jang qilayotgan «Rossiya köngillilar korpusi» jangçilari qölga olgandi. Ular qişloqni egallaşi bilan Gladkovni uçraşuvga çaqirib, agar qörqmay boradigan bölsa, unga asirlarni topşirişlarini aytişdi.

Gladkov bu çaqiruvga tezda javob qaytardi. «Göyoki asirlarni topşiriş maqsadida men bilan uçraşişni söragan pastkaş, qotil va faşistlarning murojaatini kördim. Bizning yigitlar ularning qölida va katta ehtimol ularni öldirişgan. Ammo ular tirik bölsa, [uçraşişni] taklif qilaman. Soat 17 dan 18 gaça «Şebekino» avtomobil ötkaziş punktida. Xavfsizlikni kafolatlayman», dedi Belgorod gubernatori.

Şebekino şahri Novaya Tavoljankadan bir neça kilometr masofada bölib, oxirgi vaqtlarda tez-tez öqqa tutilmoqda.

Şebekinoda zarbaga uçragan yotoqxona binosi. Foto: Bogdan Sobolev / TASS

Gladkov va «Rossiya köngillilar korpusi» vakillari örtasida uçraşuv ötkazilmadi. Korpus vakillari asir olingan rossiyalik harbiylar almaşuv röyxatiga kiritilişi uçun Kiyevga yuborilişini aytdi. Belgorod rahbariyati esa 6 iyun kuni «hududda duşman yöq ekani» haqida xabar berib, aslida nima bölganini oşkor qilmadi.

«Meduza»ning Kremlga yaqin manbasiga köra, Gladkov Ukraina tomonida turib uruşayotgan rossiyaliklar bilan uçraşuvga borişga tayyor bölgan, lekin bunga Rossiya prezidenti administratsiyasi vakillari rozilik bermagan. Ular göyoki ukrainparast kuçlar bilan uçraşiş Rossiyaning obrösiga töğri kelmasligini aytişgan.