«Turkiy investitsiya fondi prezidenti va Turkiy davlatlar taşkiloti sobiq boş kotibi Bağdod Amreyev bilan uçraşişdan mamnunmiz, - deb yozdi Özbekiston TIV rahbari. - TDTga a’zo davlatlar örtasida moliyaviy aloqalar va sarmoyaviy hamkorlikni yanada kengaytiriş yuzasidan fikr almaşdik».
2022 yil 10-11 noyabr kunlari Samarqand şahrida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida Turkiy davlatlar taşkiloti davlat rahbarlarining «Turkiy sivilizatsiyaning yangi davri: umumiy taraqqiyot va farovonlik sari» mavzusidagi yiğilişi bölib ötdi. Yiğiliş natijalari böyiça taşkilot doirasidagi köp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirişga qaratilgan Turkiy davlatlar taşkiloti sammitining Samarqand deklaratsiyasi qabul qilindi.
Bundan taşqari, TDT boş kotibi lavozimiga Kubaniçbek Omuraliyev nomzodini tasdiqlaş töğrisida qaror qabul qilindi.
















