Dunyo aholisining 5-8 foizi quloqda şovqin bilan yaşaydi. Bu xastalik tinnitus deb ataladi. Ma’lumotlarga köra, kasallik, odatda, keksalarga xos bölib, 55-65 yoşdagi kişilarning har beş nafaridan biri quloq şanğillaşi borligini aytadi.
Biroq, uşbu muammo yoşlarda ham uçrab turadi. Bu şovqinli joylarga boriş, şuningdek, quloqçinda baland ovozda musiqa tinglaş bilan boğliq. Quloqlarda şovqin bölişi bolalarda kamdan-kam uçraydi.
Uşbu xastalikka çalingan bemorlarning 85 foizi 250 – 8000 Hz tebraniş oraliğidagi tovuşlarni eşitiş imkoniyatidan mahrum bölişi tasdiqlangan.
Tadqiqotlar şuni körsatadiki, quloqdagi şovqin köproq erkaklarda, ortiqça vazni bor kişilarda, şuningdek, yuqori qon bosimi, qandli diabet, dislipidemiya xastaliklari bölgan bemorlarda köproq uçraydi.
Tinnitusning arterial gipertenziya, böyin osteoxondrozi, otit, sensonevral eşitiş zaifligi, qon tomirlari aterosklerozi, stress, endokrin kasalliklar, eşitiş nervlarining nevrinomasi, tarqoq skleroz singari bir neça omillar ta’sirida faollaşişi isbotlangan.
Bundan taşqari, ba’zi dorilarni qabul qiliş, yaqin masofada kuçli pirotexnikaning portlaşi, konsertlardagi öta baland tovuş ta’siridagi barotravma va akustik jarohatlar ham quloq şanğillaşiga sabab böladi.
Tinnitusdan aziyat çekuvçi bemorlar quloqdagi şovqin uyquga ketişdan oldin, atrofda jimjitlik paydo bölganda nihoyatda aniq eşitilişini ta’kidlaşadi. Diqqatni şovqinga qaratiş uyqusizlikka olib kelişi mumkin.
Agar xastalik rivojlanişda davom etsa, quloq şanğillaşi kunduzi, şovqinli muhitda ham bezovta qila boşlaydi.
Bemor bu tovuşga tobora köproq diqqat qaratişi natijasida uning psixoemotsional ta’sirçanligi ortadi. Kayfiyati yomonlaşib, depressiv reaksiyalar rivojlanişi mumkin. Tinnitus kasalligi kuzatilganda, avvalo, uning sababini aniqlaşga yordam beradigan tekşiruvlar ötkazilişi zarur.
Quyidagi oddiy tavsiyalarga rioya qilib, tinnitusdan himoyalaniş mumkin:
- Quloqçinlarda baland ovozda musiqa tinglamaslik. Metroda musiqa eşitmaslikka harakat qiliş, çunki poyezd tovuşi va quloqçindan çiqayotgan ovoz eşitiş analizatorining ortiqça zöriqişiga olib keladi.
- Iş faoliyati baland şovqinlar bilan boğliq bölsa, quloq tiqinlaridan foydalaniş.
















