Moskvaga dronlar hujumi: ulardan biri mudofaa vazirligi yaqiniga quladi. Bu haqda nimalar ma’lum?
|22:59 / 24.07.202368 18012 min
Moskvaga ikkita dron hujum qildi. Biri biznes markaz binosiga urilgan, ikkinçisi RF mudofaa vazirligi binolari yaqinida qulagan.
Foto: TASSFoto: TASS
Duşanba kuni erta tongda Moskvadagi ikkita turar joy binosiga ikkita dron kelib urildi. Bu binolardan biri Rossiya mudofaa vazirligi binosiga juda yaqin joylaşgan. Vazirlik esa dronlarni yönalişdan oğdirişga muvaffaq bölinganini bildirgan. Bu may oyi boşidan buyon Moskvaga uçinçi hujum böldi. Bu safargisi Odessa bir hafta davomida yoppasiga öqqa tutilişi ortidan röy berdi.
«Bugun ertalab taxminan soat törtlar atrofida ikkita noturar joy binosiga dronlar zarbalari qayd etildi. Jiddiy vayrongarçiliklar va jabrlanganlar yöq», — deya yozgan Moskva meri Sergey Sobyanin soat 4:50 da öz telegram-kanalida.
Mer «binolarga zarba beriş» iborasini qöllagan, biroz keyinroq esa mudofaa vazirligi ukrain dronlari «halokatga uçragani»ni ma’lum qildi. Vazirlik ularning soni ikkita bölgani, ikkisi ham radioelektron kuraş vositalari orqali «işdan çiqarilgani»ni bildirdi.
«24 iyul kuni ertalab Kiyev rejimining ikkita uçuvçisiz uçar apparat orqali Moskva şahri hududidagi obektlar böylab terrorçilik hujumi uyuştirişga qaratilgan urinişlari bartaraf etildi. Radioelektron kuraş vositalari yordamida ukrainlarning ikkita droni bostirildi va halokatga uçradi», — deya tasdiqlagan vazirlik. Zarbalar oqibatida jabrlanganlar yöqligi ma’lum qilingan.
Şu bilan birga, dronlar nima uçun Moskvaga kirişidan oldin emas, faqat şahar içkarisida yönalişdan oğdirilgani tuşunarsiz qolgan. May oyi oxiri va iyul oyi boşida dronlar Rossiya poytaxtiga kirmasdan urib tuşirilgandi.
Bu safargi hujum oqibatida dron kelib urilgan binolardan kamida bittasi jiddiy şikastlangan — Lixaçev prospektidagi köp qavatli biznes markazi binosining ikkita yuqori qavati. Komsomolskiy prospektidagi şikastlaniş darajasi esa arzimas darajada ekani ma’lum böldi.
Dron kelib urilişi oqibatida Lixaçev prospektidagi biznes markazining köp qavatli binosi fasadi vayron bölgan. Foto: TASS
Telegram-kanallarda Moskva osmonida şovqin kötarib parvoz qilayotgan dronlar, şuningdek şahardagi köp qavatli binolar ustida kötarilgan tutun aks etgan videolar e’lon qilingan.
Ikki manzil
Dronlardan biri Moskvaning Lixaçev şohköçasidagi biznes markaz binosiga urilgan — fotolarga köra, bino hali foydalanişga topşirilmagan. TASS agentligi favqulodda xizmatlarga tayangan holda xabar berişiça, portlaş natijasida bu binoning 17- va 18-qavatlarida 50 kvadrat metr maydonda derazalar sinib tuşgan.
Mavzuga oid
Rossiya naşrlariga köra, ikkinçi dron parçalari Komsomolskiy şohköçasi, 17-uy atrofida aniqlangan. Bu beş qavatli uy bölib, u biroz şikastlangan, ammo jiddiy emas — faqat oynalar singan.
Lekin boşqa muhim jihati bor: qöşni binolar. E’lon qilingan fotoga köra, dron prospektning ikkinçi tomonida joylaşgan 18-raqamli ikki qavatli bino tomiga qulagan bölişi mumkin. Bu yerda azaldan harbiy qism bölgan va xaritaga köra, u yerda Rossiya mudofaa vazirligi Markaziy harbiy orkestri joylaşgan.
TASS Komsomolskiy prospekti, 18-uy, 1-bino manzilida joylaşgan uy tomi dron zarbasidan şikastlangani aks etgan fotoni e’lon qilgan. Foto: VALERY SHARIFULIN/TASS
Yana bir qöşni bino esa undan ham jiddiyroq manzil — ertalabdan dron parçalari yiğiştirilgan kvartalning boşqa tomonida, Frunze sohilida mudofaa vazirligi boş binosi joylaşgan. Dron qulagan nuqtadan mudofaa vaziri Sergey Şoygu yiğiliş ötkazadigan binogaça piyoda bir neça daqiqada borsa böladi.
Ammo bu ham hali hammasi emas. Taniqli tadqiqotçi jurnalist, Bellingcat loyihasi muallifi Xristo Grozevning tasdiqlaşiça, Komsomolskiy prospektidagi 17-uy röparasida faqat harbiy orkestr emas, «GRU (Boş razvedka boşqarmasi) kiberqöşinlari markaziy ofisi», jumladan FancyBear hakerlik guruhi qarorgohi ham joylaşgan.
Komsomolskiy prospektida transportlar harakati ikki drondan birining hujumi oqibatlarini örganiş va bartaraf etiş maqsadida töxtatilgan. Foto: Reuters
Grozev Komsomolskiy prospektidagi «Frunzenskaya» metro bekati yaqinida, 20-uy manzilida knyaz Aleksandr Nevskiy nomidagi Harbiy universitet joylaşganini eslatgan. U şuningdek tarixdan Xamovniçeskiy kazarmasi deb nomlangan bu kvartalda «GRUning yana bir qança öta maxfiy obektlari» joylaşgan bölişi mumkinligini ta’kidlagan.
Amerikaning Taşqi siyosatni örganiş instituti katta ilmiy xodimi Rob Li öz tvitterida yozişiça, Komsomolskiy prospekt, 17-uy RF mudofaa vazirligi mudofaa boşqarmasi milliy markazidan (Frunze sohili, 22) «200 metrga yaqin» masofada joylaşgan.
Xristo Grozev dron qulagan joy mudofaa vazirligi obektlariga qançalik yaqinligini körsatuvçi xaritani namoyiş etgan
Qizil rang bilan 24 iyul kuni Moskvaga uçib kelgan dronlar qulagan nuqtalar körsatilgan
«Komsomolskiy prospektida dron portlaşidan bir qança derazalar singan. Biz aholiga barça oqibatlarni imkon qadar tez fursatda bartaraf etişga yordam beramiz», — deya dronlar hujumi oqibatlarini tasvirlagan şahar meri Sobyanin öz telegram-kanalida.
Bu vaqtda anneksiya qilingan Qrim rahbariyati ham Janköy rayonidagi öq-dori omboriga dronlar hujumi uyuştirilgani töğrisida xabar berdi. Bu kun davomida ikkinçi holat böldi. Şanba kuni Krasnogvardeyskiy rayoniga dronlar uçib kelganida ham öq-dorilar omborida detonatsiya kuzatilgandi. Rossiya mudofaa vazirligi duşanba kuni omborlardagi portlaşlarni tasdiqlamadi, faqat yarimoroldagi obektlarga hujum qilgan 17 dron bartaraf etilganini ma’lum qildi.
Kiyev javobgarlikni öz zimmasiga olmayapti
Kiyev Moskvaga dronlarning yangi hujumi yuzasidan izoh bermagan.
Ukraina odatda Rossiya hududiga zarbalarga aloqadorligini rad etib keladi, ammo ukrain rasmiylari köpinça bunday hujumlarga aloqadorliklariga işora qilişadi.
«RBK-Ukraina» naşri maxsus xizmatlardagi manbasiga asoslanib xabar berişiça, Moskvaga tungi hujum Ukraina mudofaa vazirligi Boş razvedka boşqarmasining «maxsus amaliyoti» bölgan. «Barça quşçalar Moskvaga yetib bordi», — degan naşr suhbatdoşi.
Ötgan haftadan Rossiya Odessa şahri va Odessa oblasti böylab yoppasiga zarba bera boşlagandi. Yakşanbaga ötar keçasi şaharning YuNeSKO himoyasi ostidagi tarixiy markazi raketalar bilan öqqa tutildi. Tarixiy binolardan ikkitasi şikastlangan, şuningdek sovetlar davridan keyin tiklangan Spaso-Preobrajyenskiy kafedral sobori ham hujumga uçragan.
Duşanbaga ötar keçasi esa Odessa oblasti port infratuzilmasiga navbatdagi dronlar hujumi kuzatildi. Ukraina hukumati bir haftadan buyon davom etayotgan hujumlarni Moskvaning ğalla kelişuvidan çiqqani bilan boğlamoqda, Rossiya esa bu Qrim köprigida iyul oyida röy bergan portlaşga javoban «qasos zarbalari» ekanini ta’kidlamoqda.
Uç oy içidagi uçinçi hujum. Yoki törtinçisimi?
Bungaça zarbdor dronlar kamida ikki marta Moskvaga qadar yetib borgandi.
3 mayga ötar keçasi dronlar Kremlgaça uçib borgandi. Ikki dron Rossiya prezidenti qarorgohi joylaşgan Senat saroyi gumbazi ustida portlagan.
30 may kuni nisbatan keng kölamli hujum uyuştirilgandi. Öşanda dronlar Lenin prospektidagi, şuningdek Novaya Moskvadagi Profsoyuznaya va Atlasova köçalaridagi uylarga urilgan, ammo jiddiy şikastlanişlar qayd etilmagandi.
Rossiya mudofaa vazirligi may oyi oxiridagi hujumda sakkiz dron qatnaşgani, şundan beştasi Moskvaga kirişda urib tuşirilgani, uçtasi esa radioelektron kuraş vositalari orqali «bostirilgani»ni xabar qilgandi — öşanda ham bu dronlar bugun bölgani kabi baribir uylarga urilgandi.
4 iyul kuni Rossiya hukumati ukrainlarning beşta droni Moskvaga kirişda bartaraf etilgani haqida xabar bergandi. Bu hujum tufayli «Vnukovo» aeroporti faoliyati vaqtinça töxtatilgandi.
Mudofaa vazirligi öşanda ukrainlarning törtta uçuvçisiz uçar qurilmasi Novaya Moskva hududida (katta halqa yölidan taşqarida, avval bu Moskva oblasti tarkibida bölgan) urib tuşirilgani, yana bittasi «işdan çiqarilgani» va Odinsovskiy rayonida halokatga uçraganini ma’lum qilgandi.
Komsomolskiy prospektidagi hujumdan keyin Frunze sohili körinişi
Kamikadze dronlar yana bir bor Moskva osmoni ustidagi himoya qalqonini teşib ötdi. Bu nimani anglatadi? BBC Rus xizmati harbiy şarhlovçisi Ilya Abişev javob beradi
Moskvaga qilingan oldingi dron hujumlaridan keyin bölgani kabi, bu safar ham Rossiya mudofaa vazirligi ularning barçasi (bu safar faqat ikkita) radioelektron kuraş vositalari bilan «işdan çiqarilgani» va halokatga uçragani haqida ma’lum qildi.
Radioelektron kuraş vositalarining bu dronlar böyiça muvaffaqiyatli işlaganini tasdiqlaş yoki rad etiş imkoniyati yöq. Ularning ikkisi bilan ham odatda öq-dori taşib parvoz qiluvçi barça dronlar bilan sodir böladigan hodisa röy bergan — ular portlagan, bittasi mudofaa vazirligi binolari yaqinida.
Dronlar yönalişdan oğdirilganmi yoki ularning özi möljaldan adaşganmi, ularning asosiy nişoni nima bölgan — buni faqat taxmin qiliş mumkin. Moskva şahri strategik harbiy obektlar bilan tölib-toşgan.
Yana bir jihat diqqatga sazovor. Kamikadze dronlar yana bir marta Rossiya poytaxti osmonini himoya qiluvçi qalqonni teşib ötib, qariyb markazgaça uçib bordi, havo hujumidan mudofaa tizimi esa, mudofaa vazirligi bayonotiga köra, ular bilan jangga faqat oxirgi pallalarda — barça mavjud vositalar, jumladan öqotar qurollar ham işga solinadigan vaqtga kelibgina kirişdi.
Şahar çekkalarida harakatlanadigan radioelektron kuraş tizimlari qilişi mumkin bölgan maksimum iş — muayyan obektga qarab harakatlanuvçi dronlarning radio- yoki optikelektron yönaltiriş tizimlarini öçirib qöyişdir. Şunda ham dronlar nişonga oldindan belgilangan koordinatalar böyiça bormasdan, şunday tizimlardan foydalangan taqdirda. Radioelektron kuraş tizimi kamikadze dronlar portlaşining oldini olişga kuçsizlik qiladi.
Videolarga qaraganda, duşanbaga ötar keçasi Moskvaga «mopedlar» — Rossiya Ukraina şaharlariga hujum qilişda qöllaydigan Shahed toifasidagi uçiş apparatlari hujum qilgan. Bu safar ular atigi ikkita bölgan — ammo kim keyingi safar ularning soni köproq bölmasligiga kafolat beradi?
Duşanba kuni jurnalistlar Kreml rasmiysi Dmitriy Peskovdan may oyidagi hujumlardan keyin Moskva havo hujumidan mudofaa tizimida işlar olib borilgan yoki yöqligini söraşdi. U töğridan töğri javob berişdan qoçdi. «Bu savol köproq bizning ixtisoslaşgan idoramiz — mudofaa vazirligiga taalluqlidir. Bilasizki, bugungi dronlar zararsizlantirildi. Bu borada çora-tadbirlar körilmoqda. Ammo, mudofaa tizimini rivojlantiriş, uning yanada jadal işlaşini ta’minlaş masalalariga kelsak, mudofaa vazirligiga murojaat qiliş kerak».