Reznikovning sözlariga köra, yuriş tez bölişi kerak degan tasavvur haqiqatga töğri kelmaydi.

Ukraina mudofaa idorasi rahbari mamlakat qurolli kuçlarining yurişi kutilganidan köra sekin rivojlanayotganining bir qança sabablarini, jumladan öq-dori yetişmovçiligi, snaryadlar va artilleriya tizimlari yetişmovçiligini aytib ötdi.

«Bu havo hujumidan mudofaa masalasi. Bu şuningdek front çiziği juda uzunligi masalasi ham. Va bizga qarşi köp sonli duşmanlar kuraşmoqda. Uruş şunaqa. Bu kompyuter öyini emas», — degan Reznikov SNN telekompaniyasi uçun ötgan hafta oxirida bergan intervyusida.

Ukraina qurolli kuçlari iyun oyi boşida yuriş amaliyotlarini boşlagandi, ammo şu vaqtgaça Rossiya armiyasi mudofaa çiziqlarini tezlik bilan yorib öta olmadi.

Ukrain harbiylari asosiy harakatlarni frontdagi uçta uçastkaga jamlagan, bular Baxmut atrofi, Donetsk va Zaporijjya oblastlari tutaşgan hudud (Velika Novosilka qişloğidan janubdagi «Vremevka börtiği» deb ataluvçi hududlar), şuningdek Orixiv şahridan janubdagi hudud.

Tahlilçilarning ta’kidlaşiça, qarşi hujumning birinçi tölqinida ma’lum miqdorda texnikalar, jumladan ğarb tomonidan yetkazib berilgan tanklar va zirhli piyodalar maşinalari yöqotilgaç, ukrain harbiylari taktikani qayta körib çiqişgan. Ularning fikriça, endilikda Ukraina qurolli kuçlari Rossiya qöşinlarini tizimli ravişda yöq qilişga harakat qilmoqda va raqib mudofaasida muammolar paydo bölişi bilan bundan foydalanişga kirişişni közlagan.

Ukraina qurolli kuçlarining yurişi rejalaştirilganidan sekinroq keçayotganini iyun oyi oxirida BBC bilan suhbatda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ham aytib ötgandi.

Reznikov SNN telekanaliga «generallar, komandirlar jang maydonidagi real vaziyatni yaxşiroq körişi»ni aytgan. «Yana bir bor takrorlaşim kerakki, biz uçun asosiy qadriyat — harbiylarimizning hayotidir», — deya qayd etgan vazir.

SNN Ukraina qurolli kuçlari asosiy yuriş harakatlarini olib borayotgan janubiy frontdagi vaziyat asosan rossiyaliklar tomonidan minalab taşlangan keng maydonlar tufayli murakkabligiça qolayotganini qayd etgan.

Reznikovning sözlariga köra, ukrain harbiylari dalalardagi söqmoqlar böylab harakatlanib, yöllarni minalardan qölda tozalaşiga töğri kelmoqda. Mudofaa vaziriga köra rossiyaliklarda «minalangan jiddiy himoya hududi» mavjud va ular orqali «yorib ötiş juda qiyin».

«Biz çinakamiga yuriş harakatlariga yölaklar tayyorlaş uçun öz harbiylarimiz, sapyorlarimizdan foydalanişimiz, minalangan maydonlarni asta-sekinlik bilan tozalaşimiz kerak», — degan Reznikov.