Şimoliy dengizda bir vaqtning özida bir neça qutqaruv va buksir kemalari iştirokidagi amaliyot qizğin davom etmoqda, ammo mutaxassislar yuk kemasidagi yonğin yana bir neça kun davom etişidan xavotirlanmoqda.
Yonayotgan kema bortini sovitiş uçun buksirlardan suv sepilmoqda, ammo uni çöktirib yubormaslik uçun bu iş öta ehtiyotkorlik bilan amalga oşirilmoqda.
Ekipaj a’zolari olovni mustaqil öçira olmasligi ayon bölganidan keyin, ulardan ba’zilari 30 metr balandlikdan suvga sakraşiga töğri kelgan.
«Ular birin-ketin suvga sakray boşladi, biz ularni tutib olişimiz kerak böldi, — degan jurnalistlarga Ameland orolidan kelgan qutqaruv kemasi kapitani Uillard Molenaar. — Ular ilojsiz holatda edi, suvga sakraşdan boşqa yöl yöq edi».
Panama bayroği ostida harakatlanuvçi Freemantle Highway kemasi seşanba kuni Germaniya şimolidagi Bremerhafen portidan yölga çiqib, Misrning Port-Said şahri tomon suza boşlagandi.

Ammo tunda, Ameland orolidan taxminan 30 km şimolda elektromobillardan birining batareyasi alanga olgan.
Yonğin juda tez tarqalgan va halokatga uçragan kemani gavjum kema yölidan olib ketiş uçun buksir çaqirilgan.
Hozirda kema langar taşlab turibdi, ammo Niderlandiya sohil qöriqlaş xizmati u qiyşayib va çökib ketişidan xavotirlanmoqda, şu tufayli undagi olovni öçiriş bilan bir vaqtda uni suv yuzasida uşlab qoliş çoralari körilmoqda.



Ötgan yili ham Azor orollari hududida 4 ming dona lyuks toifasidagi avtomobillarni taşib ketayotgan Felicity Ace kemasida yonğinn çiqqandi.
Öşanda ham maşinalardan birining litiy batareyasi olovlangandi, bu esa elektromobillarni taşiş xavfi yuqori ekanidan dalolat beradi.

















