2023 yil 4 avgust kuni Aşxobodda bölib ötgan uç tomonlama sammit doirasida Turkmaniston delegatsiyasi Özbekiston va Tojikiston bilan gaz sohasida hamkorlikni rivojlantiriş taşabbusini ilgari surdi. Bu haqda Turkmaniston boş vaziri örinbosari, taşqi işlar vaziri Raşid Meredov jurnalistlarga ma’lum qildi, deb xabar berdi CentralAsia.
Raşid Meredovning qayd etişiça, Turkmaniston, Tojikiston va Özbekiston energetika sohasida ijobiy hamkorlik tajribasiga ega.
– Bugun biz gaz sohasida özaro manfaatli hamkorlik uçun yangi imkoniyatlarni köryapmiz. Turkmaniston ulkan tabiiy gaz resurslariga ega. Gaz eksportini diversifikatsiya qiliş, energiya işlab çiqaruvçi, tranzit mamlakat va iste’molçi manfaatlari mutanosibligini hisobga oliş biz uçun xalqaro energetika loyihalarini amalga oşirişda asosiy tamoyil hisoblanadi. Aynan şu nuqtai nazardan biz Turkmaniston, Özbekiston va Tojikiston örtasida gaz sohasida strategik şeriklik istiqbollarini muhokama qilişni taklif etdik», dedi Turkmaniston TIV rahbari.
Şuningdek, u Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov topşiriğiga köra dunyodagi eng yirik tabiiy gaz konining uçinçi va törtinçi bosqiçlarini özlaştiriş böyiça keng kölamli işlar olib borilayotganini ta’kidladi.
– Şu munosabat bilan kelgusi yillarda Turkmanistonda kök yoqilği işlab çiqarişni yana kamida 60 milliard kub metrga oşirişni rejalaştirganmiz. Bu esa ösib borayotgan içki ehtiyojni töliq qondiriş, şuningdek, Turkmaniston xomaşyosini xorijga yetkazib beriş hajmini oşiriş imkonini beradi. Şu bilan birga, turkman gazini eng yaqin qöşnilarimiz – Özbekiston va Tojikistonga eksport qiliş bizning mutlaq ustuvor vazifamiz böladi», dedi Raşid Meredov.

















