“Yuksaliş” umummilliy harakati davlat xizmatçilarining iş vaqtiga qançalik rioya etilişi böyiça anonim sörov ötkazdi. Eslatib ötamiz, Kun.uz bir hafta oldin şu mavzuda intervyu e’lon qilgan, unda ekspertlar hukumatni kadrlarning jismoniy va ruhiy salomatligini saqlaşga çaqirgan edi.
Respondentlar haqida
“Yuksaliş” sörovnomasida jami 560 nafar davlat xizmatçisi iştirok etgan. Ularning 21,4 foizi vazirlik va idoralar, 27 foizi mahalliy hokimiyat organlari, 12,1 foizi huquqni muhofaza qiluvçi idoralar va 39,5 foizi boşqa davlat taşkilotlarida işlovçi xodimlarni taşkil etgan.
Respondentlarining 376 nafari (67,6%) erkaklar va 180 nafari (32,4%) ayollarni taşkil etgan. Sörovnomada 385 nafar (69,2%) oddiy mutaxassis xodimlar, 172 nafar (30,8%) rahbar xodimlar iştirok etgan.
Umumiy natijalar
Örganiş davomida ma’lum bölişiça, respondentlarning yarmidan köpi, ya’ni 57,3 foizi iş vaqtidan taşqari işga jalb etiladi.
Jumladan 36,8 foizi har kuni qöşimça 1-2 soat, 13,9 foizi har kuni keçki soat 22:00 ga qadar, 6,4 foizi keçki soat 24:00 ga qadar işlaşini bildirgan.
42,3 foiz iştirokçi esa mehnat qonunçiligiga mos ravişda har kuni belgilangan 8 soat işlaşini ma’lum qilgan.

Qöşimça haq
Mehnat kodeksining 262-moddasida xodimga iş vaqtidan taşqari iş uçun kamida ikki hissa miqdorida haq tölanişi belgilab qöyilgan. Sörovda qatnaşgan va qöşimça işlaydiganlarning 13,3 foizi iş beruvçilar tomonidan qöşimça iş uçun kamida 2 baravar haq tölab berilişini qayd etgan. Ular asosan davlat boşqaruv organlarining markaziy idoralari vakillariga töğri keladi.
Sörovnoma iştirokçilaridan iş vaqtidan taşqari qöşimça işlaydiganlarning 81,7 foiziga qöşimça işlagan vaqti uçun iş beruvçi tomonidan qöşimça haq tölab berilmaydi.

















