Iqtisodiyot va moliya vaziri örinbosarlari Dilşod Sultonov va Erkin Rustamov lavozimidan ozod etildi. ÖzA xabariga köra, ular boşqa işga ötmoqda.
Dilşod Sultonov 2018 yil sentabridan buyon (öşa vaqtda moliya vazirligi) vazir örinbosari lavozimida işlab kelayotgandi.
Erkin Rustamov esa 2022 yil sentabrida (öşa vaqtda iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi) vazirlikka birinçi örinbosar sifatida kelgandi.
Bu özgarişlar 2 avgust kuni prezident raisligida tanqidiy ruhda keçgan yiğilişdan keyin röy bermoqda. Öşa yiğilişda Dilşod Sultonov iqtisodiyot va moliya vazirining soliqqa mas’ul örinbosari sifatida hayfsan olgandi.
3 avgust kuni esa soliq qömitasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridan çiqarilib, vazirlik rahbari Şerzod Qudbiyev qömita raisligiga, boş vazir örinbosari Jamşid Qöçqorov esa vazirlikka qaytarilgandi.
Davletovuz manbasiga köra, Sultonov va Rustamov Toşkent viloyatidagi tumanlarga hokim etib yuborilmoqda.

















