«Özbekiston prezidenti maslahatçisi Suma Çakrabarti janoblari bilan samimiy va samarali uçraşuv ötkazdik», –deb yozdi Özbekiston TIV rahbari özining Telegram-kanalida.
Qayd etilişiça, Özbekistonning kengayayotgan investitsiyaviy salohiyatini dunyo miqyosida yanada tarğib qilişga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning keng kölamli kun tartibi yuzasidan atrofliça fikr almaşildi.
Suma Çakrabarti 2020 yil 1 oktyabrdan buyon Özbekiston prezidentining iqtisodiy taraqqiyot, samarali boşqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari böyiça maslahatçisi lavozimini egallab kelmoqda. U 2012 yil iyulidan 2020 yil iyuligaça Yevropa taraqqiyot va tiklaniş banki prezidenti lavozimida işlagan.

















