Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va Amerikaning F-16 qiruvçi samolyotlariga ega Yevropa davlatlari rahbarlari 2023 yil may oyi örtalaridayoq uşbu qiruvçi samolyotlarni Ukrainaga yetkazib berişga kelişib olgandi. Ammo yevropalik mutaxassislar Vaşingtonning rasmiy ruxsatisiz ukrainalik uçuvçilarni öqitişni boşlay olmadi, çunki öqitiş Ukraina tomoniga ilğor harbiy texnologiyalarni berişni nazarda tutadi. Avgust oyi boşida Jo Bayden nihoyat maşğulotlarni boşlaşga ruxsat berdi. Kiyev qiruvçi samolyotlarning özini yil oxirigaça olişi mumkin. «Meduza» naşri harbiy jurnalistdan F-16 samolyotlarining Ukrainaga topşirilişi frontdagi vaziyatga qanday ta’sir ötkazişi mumkinligini söragan.

— NATO mamlakatlari ixtiyorida 1970-yillarda işlab çiqilgan F-16 samolyotlariga qaraganda ança zamonaviyroq qiruvçi samolyotlar mavjud, masalan, 2006 yilda işlab çiqarila boşlangan F-35 yoki 1990-yillarda yaratilgan F-22 kabi. Nega ittifoqçilar Ukrainaga faqat F-16 samolyotlarini berişga rozi böldi va unda ham darhol emas?

— F-22 menimça, hozir faqat AQŞ armiyasida xizmat qilmoqda. Amerikaliklar uni özlari uçun işlab çiqqan va albatta, ularni (Ukrainaga) heç kim bermaydi, F-22 dunyodagi eng qimmat qiruvçilardan biri. F-35 bilan ham xuddi şunday: bu qimmat maşina, uni özlaştiriş juda uzoq vaqt talab etadi va u Ukrainanikiga qaraganda butunlay boşqaça taşkiliy darajadagi qurolli kuçlarga xizmatga kirgan.

Heç kim Ukrainaga samolyot taşuvçi kemalarni bermaydi, buni heç kim kutmayapti ham. Katerlar, ehtimol, hatto esminetslar ham berilişi mumkin, ammo samolyot taşuvçilar haqida gap yöq: bu qimmat, juda zör qurol, buning uçun qurolli kuçlarni qayta quriş kerak. F-35 kabi zamonaviy qiruvçi samolyotlar bilan xuddi şunday tartib amal qiladi.

(F-16 bilan boğliq holatda) gap hali vazifalarni bajarişga yaroqli bölgan, ikkinçi qöl, törtinçi avlod qiruvçi samolyotlari haqida ketmoqda. Bu avlod 1970-yillardan boşlab işlab çiqarilgan va hozir ham işlab çiqarilmoqda. Şubhasiz, bunday vaqt oraliği modernizatsiyaning bir neça bosqiçlarini anglatadi, (şuning uçun hozir) F-16 butunlay zamonaviy qiruvçi hisoblanadi.

Nazariy jihatdan, ukrainaliklar boşqa bir törtinçi avlod samolyotlarini olişi mumkin edi, ammo ularning har birida (F-16’dan taşqari) muammolar mavjud. Eng katta muammo şuki, boşqa qiruvçilar unçalik köp emas, şuning uçun ularni yoki qöşimça ravişda quriş yoki öz havo kuçlaridan olib beriş kerak böladi. F-16 esa juda köp miqdorda işlab çiqarilgan. Hatto foydalanilgan F-16 samolyotlarining norasmiy bozori ham mavjud, ya’ni ularni topiş mumkin va ular uçişga yaroqli holatda böladi.