Joriy yilning mart oyida «Davlat iştirokidagi korxonalarni isloh qiliş jarayonlarini jadallaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qarori qabul qilingandi.
Qaror bilan 2023–2025 yillarda isloh qilinadigan va operatsion samaradorligi oşiriladigan davlat iştirokidagi yirik korxonalar (31 ta) röyxati tasdiqlangandi va mazkur taşkilotlarning aksiya paketlari Strategik islohotlar agentligiga ötkazilgandi.
18 avgust kuni imzolangan «Davlat iştirokidagi korxonalar va banklarning isloh qiliş mexanizmini takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident qarori bilan mazkur 31ta yirik davlat korxonalari, tijorat banklari hamda UzAssets investitsiya kompaniyasidagi davlat uluşi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga ötkazildi.
Şuningdek, Strategik islohotlar agentligiga ötişidan oldin Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi ixtiyorida bölgan 9ta bankning (Agrobank, Asakabank, Özsanoatqurilişbank, Xalq banki, Turonbank, Qişloq quriliş bank, Aloqabank, Özmilliybank, Mikrokreditbank) xususiylaştiriş jarayonlarini ham endilikda bevosita Iqtisodiyot va moliya vazirligi nazorat qiladi.
Avvalroq, prezidentning tegişli farmoni bilan prezident administratsiyaning tuzilmasiga ham bir qator özgartirişlar kiritilgandi.












