Pokiston şimoli-ğarbidagi dara ustidan ötgan osma yölda (kanat) qolib ketgan 10 yoşdan 16 yoşgaça bölgan bolalar va yana ikki kişini qutqariş böyiça amaliyot muvaffaqiyatli yakunlandi.
Rasmiy şaxslarning sözlariga köra, sakkiz kişidan iborat guruh maktabga ketayotganida pölat arqonlardan (tros) biri uzilib ketgan va ular yerdan 274 metr balandlikda osilib qolgan.
Mahalliy naşrlar xabariga köra, qutqaruvçilar kelguniga qadar yölovçilar kamida tört soat davomida kanat vagonida qolişgan.
Avariya seşanba kuni mahalliy vaqt bilan soat taxminan 07:00 da Xayber-Paxtunxva provinsiyasining Allay vodiysi hududida röy bergan.
Oçiq vagon bitta tros orqali tutib turilgan.

Allay – toğli hudud bölib, dengiz sathidan 2 ming metr balandlikda joylaşgan. Bu hududdagi aholi yaşaş manzillari bir-biridan uzoq masofalarda joylaşadi.
Pokiston şimolidagi mazkur toğli hududning katta qismida transport infratuzilmasi mavjud emas, bu yerda yöllar deyarli yöq. Köplab hududlarda bir toğdan boşqasiga ötiş uçun şunga öxşaş kötariş vositalaridan foydalaniladi.
Mahalliy öqituvçilardan biri Pokistonning Dawn naşriga aytib berişiça, uning hududida boşqa transport yöqligi uçun har kuni maktabga 150 ga yaqin kişi kanat yöl orqali qatnaydi.
Kanat yölda qolib ketgan öquvçilar yaşaydigan hududdan maktabgaça masofa piyoda ikki soatda bosib ötiladi. Şuning uçun mahalliy aholi vakillaridan biri bölgan mexanik öziga xos lift qurişga qaror qilgan, uning yordamida yuqoriga atigi tört daqiqa içida kötariliş mumkin.
Mahalliy politsiya ma’lumotlariga köra, u quriliş uçun mahalliy rasmiylardan ruxsat olgan, rasmiylar ham uning xavfsizligini har oyda tekşirib turişi kerak bölgan.
Mahalliy politsiyaçining BBC muxbiriga aytişiça, 22 avgust kuni tongida ham kanat orqali maktabga va ortga tört qatnov amalga oşirilgan, ammo beşinçi safar kanat arqoni uzilib ketgan.

















