Yonğinni öçirişga viloyat FVBning 22 ta maxsus texnikalari jalb etilgan.
Andijon viloyati Baliqçi tumanidagi kiyim-keçak bozorida 25 avgust kuni yonğin çiqdi.
Kun.uz muxbirining voqea joyidan xabar berişiça, «Muhammadamin omad» MÇJga qaraşli savdo dökonlaridagi yonğinni öçirişga viloyat favqulodda vaziyatlar boşqarmasining 16 ta yonğin öçiriş texnikasi va 6 ta maxsus texnika jalb etilgan.
«Yonğin töliq öçirildi. Kuygan yoki boşqa turda jarohat olgan va qurbonlar yöq. Hozirda zararlarni aniqlaş va hodisa oqibatida yuzaga kelgan holatlarni bartaraf etiş işlari boşlangan», — deyiladi viloyat hokimligi matbuot xizmati xabarida.
Avvalroq avgust oyida Namangandagi Çortoq dehqon bozorida yonğin sodir bölgani, Buxorodagi savdo majmuasida esa 23 ta dökon yonib ketgani, iyul oyida Xiva buyum bozorida yonğin çiqqani, Qöqondagi ulgurji bozorda yirik yonğin yuz bergani haqida xabar berilgandi.
















