Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov öz idorasiga qöyilgan korrupsiyaga oid yangi ayblovlarni rad etdi. Mudofaa vazirligi rahbari 28 avgust, duşanba kuni bölib ötgan matbuot anjumanida qişki kiyim-keçaklarning oşirilgan narxlarda xarid qilinişi haqidagi xabarlarga izoh berar ekan, «axborotga tanqidiyroq va mas’uliyat bilan yondaşişga» çaqirdi.

Avvalroq Ukrainaning bir qator ommaviy axborot vositalari Ukraina Mudofaa vazirligi 2022 yil oxirida Turkiya kompaniyasi bilan harbiy xizmatçilar uçun qişki kiyim-keçak yetkazib beriş böyiça şartnoma imzolagani, biroq Ukrainaga yölda partiyaning narxi uç barobarga oşgani haqida yozgan edi. OAV ma’lumotlariga köra, turk şirkati egalaridan biri hukmron «Xalq xizmatkori» partiyasidan deputat Gennadiy Kasayning jiyani Aleksandr Kasay hisoblanadi.

Reznikov fikriça, bunday ma’lumotlarning tarqalişi «jamiyatni çalğitadi» va Ukraina obrösini şeriklari oldida tuşirib yuborişi mumkin. Şartnoma «Davlat xaridlari töğrisida»gi qonunga muvofiq va tender tartibida tuzilgan, dedi vazir.

Ukraina armiyasi atrofidagi korrupsiya mojarosi

Yanvar oyida Ukrainadagi bir neça yuqori martabali harbiy amaldorlar harbiy xizmatçilar uçun supermarketlardagidan 2-3 baravar qimmat narxlarda oziq-ovqat xarid qilinişi yuzasidan jurnalistik tekşiruvdan söng öz lavozimlaridan çetlaştirildi. Öşanda Reznikov korrupsiyaga qarşi kuraş idoralari faoliyatidagi «muvaffaqiyatsizlik»ni tan oldi.

Avgust oyi boşida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy qurolli kuçlar safiga çaqiruv böyiça mas’ul bölgan barça viloyat harbiy komissarlarini işdan böşatgan edi. Bu harbiy xizmatga çaqirilmaslik uçun harbiylarga pora beriş haqidagi ma’lumotlardan keyin sodir böldi.